| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi552 marta oʻqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi keng nishonlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yetti yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 27 yilligi keng nishonlanmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma yetti yilligi munosabati bilan poytaxtimizdagi Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qoʻyish tantanali marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi aʼzolari harbiy orkestr sadolari ostida monument poyiga gullar qoʻydi va hurmat bajo keltirdi.

Mustaqillik va ezgulik monumenti hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi hisoblanadi.

Bosh Qomusimiz Oʻzbekistonda insonparvar demokratik huquqiy davlat, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirish, inson, uning manfaatlari, huquq va erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etishning eng muhim qoidalarini oʻzida mujassam etib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori boʻlib xizmat qilmoqda.

Manba: OʻzA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ