Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida parvozlar tiklanadi
9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi.

9 dekabr kuni Eronning «Zagros Airlines» aviakompaniyasi «Tehron-Toshkent-Tehron» yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirishni boshlaydi deb xabar berdi Transport vazirligi axborot xizmati.
Dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yoʻnalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik esa parvozlar chastotasi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil noyabr oyida Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviatsiya maʼmuriyatining «Zagros Airlines» aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash toʻgʻrisidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi toʻgʻrisidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, «Tehron-Toshkent-Tehron» yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatatsiya ruxsatnomasi berilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

