Aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etildi
“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashning yangi tartibi joriy etildi.
Unga muvofiq:
Moliya vazirligi pul mablagʻlarini tijorat banklariga 15 yil muddatga bozor shartlari asosida joylashtiradi;
tijorat banklari aholiga oʻz mablagʻlari va Moliya vazirligi ajratadigan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlarini taqdim etadi;
Moliya vazirligidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari bozor stavkasi boʻyicha taqdim etiladi. Bunda, qarz oluvchiga kredit uy-joyning joylashgan joyi va maydonini mustaqil tanlash huquqi bilan cheklangan miqdorda beriladi;
ayrim shaxslarga (kam taʼminlangan, uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj v.b.) ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat byudjetidan subsidiyalar toʻlanadi.
Yangi tartib quyidagilarda joriy etiladi:
qishloq joylarda – Andijon, Buxoro, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Fargʻona viloyatlari shaharlariga va tuman maʼmuriy markazlariga tutash hududlarda;
Toshkent shahrida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

