Nurobodda “Cinema City Sollywood” kino shaharchasi quriladi
Samarqand viloyati Nurobod tumanining Oqsoy hududida Cinema City Sollywood kino olish shaharchasi qurilmoqda. Loyiha qiymati 45 mln dollarni tashkil etadi.

Samarqand viloyati Nurobod tumanining Oqsoy hududida Cinema City Sollywood kino olish shaharchasi qurilmoqda. Loyiha qiymati 45 mln dollarni tashkil etadi, deya xabar berdi tuman maʼmuriyati matbuot xizmati.
Obʼyekt Amerikaning Daha USA Group va Xitoyning Yiwu Compass Trading kompaniyalari tomonidan qurilmoqda. Bu haqdagi kelishuv 22−23 noyabr kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan Invest in Samarkand I xalqaro investitsiya forumida Nurobod tumani hokimligi tomonidan imzolandi. Birinchi bosqichda 15 mln dollar miqdorida investitsiya kiritiladi.
Loyiha uchun kerak boʻladigan yer maydoni 160 gektar boʻlib, bu yerda «Cinema City Sollywood» kino shaharchasi quriladi. Unda zamonaviy tipdagi 3−4 yulduzli mehmonxonalar, restoran va kafelar, dam olish va istirohat (bulvar, tropik) bogʻlari, akvapark, kinoteatr, konsert va konferensiya zallarini barpo etish koʻzda tutilgan.
Ushbu loyiha 2022 yilda toʻla quvvatda ishga tushirilgandan soʻng 500 ga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Loyihada qoʻshimcha ravishda avtomobil ishqibozlari uchun «Avtoralli yoʻlagi», turizm sohasini rivojlantirish va turistlar oqimini koʻpaytirish uchun «Okeanarium» (sunʼiy okean) barpo etish ham koʻzda tutilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

