Yoʻl-qurilish korxonalari Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi
“Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

“Oʻzbekiston Respublikasi yoʻl xoʻjaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–5890-son, 09.12.2019 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, shuningdek, yoʻl-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan obʼyektlar boʻyicha shartnomalar faqat davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq oʻtkaziladigan tanlov (tender) yakunlari boʻyicha tuziladi;
yoʻl-qurilish ishlari boʻyicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;
Toshkent shahri koʻchalarini qurish va taʼmirlash boʻyicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.
Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, neft bitumining yoʻllarga moʻljallangan markalarini sotish sohasida foaliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.
Farmonga muvofiq, yoʻl-qurilish korxonalari MChJ etib qayta tashkil etilgan holda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidan chiqarildi.
Farmon bilan “Yoʻlqurilish” AJ tashkil etildi hamda qoʻmita tarkibidan chiqarilgan korxonalarning ustav jamgʻarmalaridagi davlat ulushi mazkur AJga oʻtkazildi.
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi avtomobil yoʻllari sohasidagi maxsus vakolatli organ va avtomobil yoʻllarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, taʼmirlash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha ishlarning yagona buyurtmachisi etib belgilandi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

