Arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini ishlab chiqish qanchaga tushadi
Obʼyektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi.

Obʼyektlarni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshirigʻini (ART) ishlab chiqishning bazaviy qiymati va tuzatish koeffitsiyentlari tizimi tasdiqlandi (28.11.2019 yildagi 961-son VMQga qarang).
Eslatib oʻtamiz, shaharsozlik faoliyati obʼyektlari qurilishini loyihalashtirish yoki rekonstruksiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga ART beriladi (yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun talab etilmaydi).
Avvalo ARTni ishlab chiqish uchun toʻlov toʻlanishi osonlashdi. Ilgari hududiy qurilish boshqarmalari ariza beruvchi oʻz ERIsi bilan tasdiqlashi uchun unga ARTni ishlab chiqish shartnomasini yuborar edilar (YaIDXP orqali yoki davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat qilinganda bevosita topshirilar edi). Bundan buyon Qurilish vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl boʻyicha ishlab chiqish qiymati koʻrsatilgan invoys - hisobvaraq-faktura bir yoʻla taqdim etiladi.
Ariza beruvchi invoysni olgach, koʻrsatilgan summani 10 kun ichida toʻlashi lozim. Toʻlov toʻlanganligi axborot-kommunikatsiya tizimi yordamida tasdiqlanadi. Obʼyektlarni loyihalashtirish uchun ARTni ishlab chiqish qiymati va muddatlari quyidagicha belgilangan:
Qurilayotgan obʼyektlarning turiga qarab ARTni ishlab chiqish | ARTni ishlab chiqish muddati | ARTni ishlab chiqish qiymati (BHMda) |
Obʼyekt (bino va inshoot)larning yangi qurilishi uchun | 10 kun | 4 |
Rekonstruksiya qilish, shuningdek ilgari foydalanish yoki egalik qilish huquqi roʻyxatdan oʻtkazilgan yer uchastkasida yangi obʼyektning qurilishi, shuningdek mavjud obʼyektni qayta ixtisoslashtirish, shu jumladan noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirish | 8 kun | 3,5 |
Obʼyektni qayta ixtisoslashtirish, shu jumladan muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirish yoki oʻzgartirmasdan noturar joylarni turar joy toifasiga oʻtkazish, shuningdek muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini kapital qurilish obʼyektlaridan alohida qurish (ART II qism) | 7 kun | 3 |
Turar joyni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish nuqtalarini oʻzgartirmasdan, xonalarni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga oʻtkazish | 5 kun | 1 |
Bunda tuzatish koeffitsiyentlari (oshirish yoki pasaytirish) tizimi amal qiladi, shu jumladan:
birinchidan, obʼyektning joylashgan joyiga koʻra (turar joyni rekonstruksiya qilgan holda noturar joy toifasiga oʻtkazish):
qishloq aholi punktlarida – 0,7;
tumanga boʻysunuvchi shaharlarda va shahar posyolkalarida – 0,8;
tumanlar markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda – 0,9;
Toshkent shahrida, Nukus shahrida va viloyatlar markazlarida – 1;
ikkinchidan, qurilayotgan obʼyektni aholi punktidan tashqarida joylashtirishda - 0,6 pasaytirish koeffitsiyenti qoʻllanadi;
uchinchidan, ARTning arxitektura-shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish qismlarini alohida-alohida ishlab chiqishda har bir boʻlim uchun narxlar 0,6 koeffitsiyenti bilan qoʻllaniladi;
toʻrtinchidan, tanlovga (auksionga) qoʻyilayotgan yer uchastkalari uchun shaharsozlik topshirigʻini ishlab chiqish qiymati 0,7 koeffitsiyentini qoʻllagan holda yangi qurilish uchun belgilangani kabi (4 BHM) belgilanadi (ARTni ishlab chiqishda arxitektura-shaharsozlik boʻlimi sifatida uning tarkibiga kiritiladi) va tanlov (auksion) gʻolibi hisobidan toʻlanadi.
ARTning amal qilish muddatlariga tuzatish kiritish va ularni uzaytirish uchun belgilangan ishlab chiqish qiymatining 20%i, ART dublikatlari (nusxalari)ni tayyorlash uchun 10%i miqdorida belgilanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

