Review.uz saytidagi O'zbekiston iqtisodiyoti yangiliklari - dolzarb iqtisodiy yangiliklar, O'zbekiston moliya va bank sohasidagi yangiliklar
925 ta material

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda tadbirkorlik iqlimini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda biznes iqlimini oʻrganish boʻyicha tadbirkorlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazmoqda. Soʻrovnoma har oy oʻtkaziladi.

Koronavirus "shokolad" bozoriga zarba berdi
Shokoladning asosiy isteʼmolchisi hisoblangan Yevropada yil oxiriga qadar kakaoni qayta ishlash 3 foizga tushishi mumkin.

Lombardlar faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida Nizom loyihasi muhokamaga joylashtirildi
Nizom isteʼmolchilarga maʼlumot berish tartibi, muddati oʻtgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan oʻzaro munosabatlarini koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.

Xalqaro valyuta fondi: Global rivojlanish. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun taʼsirlari
Xalkaro valyuta fondining taxlillariga koʻra joriy yil boshidan buyon neft va boshqa xom-ashyo tovarlar narxining keskin pasayishi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar iqtisodiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyatida 250 ish oʻrnini yaratdi
Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyati Zomin tumanida istiqomat qiluvchi 250 kishini ishga qabul qiladi. Sugʻoruvchi, traktorchi yordamchisi va turli ishlarni bajaruvchi ishchilar lavozimlariga ishga qabul qilish jarayoni ketmoqda.

Qashqadaryoda dizel yoqilgʻisi, avia kerosin, suyultirilgan gaz ishlab chiqaradigan zavod quriladi
Zavod ishga tushgach, yiliga 1,5 million tonna yuqori sifatli va ekologik toza sintetik yoqilgʻi ishlab chiqaradi.

Pensionerlarning plastik kartalari yetkazib berilgan vaqtda SMS-xabarnoma yoqib beriladi
Karantin davrida bank xodimlari tomonidan plastik kartalari ularning egalariga yashash manzillari boʻyicha yetkazib beriladi. SMS-xabarnoma xizmati faollashtirib berilishi uchun fuqarodan oʻsha yerning oʻzida ariza yozib berish talab etiladi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi tushishni boshladi
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 28 apreldan 7,49 soʻmga pastladi.

BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida fotoelektrik stansiyasi quradi
Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlandi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi oʻrtasida isteʼmolchilar fikri Indeksini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi isteʼmolchilar fikrini oʻrganish maqsadida aholi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazmoqda. Soʻrovnoma har oyda oʻtkaziladi. Unda 16 yosh va undan katta yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.

«Google» Oʻzbekistonda QQS toʻlashni boshladi
QQS boʻyicha birinchi toʻlov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab oldi
Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab olib, joriy yilda Avstriya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni davlatlari hisobiga kengaytirildi.

TBC Uzbekistan oʻz faoliyatini 2020 yilning iyun oyida boshlaydi
TBC Uzbekistan, TBC PLC banklar guruhining shuʼba kompaniyasi, bank amaliyotlarini joriy etish uchun litsenziyani qoʻlga kiritdi va oʻz faoliyatini 2020-yil iyun oyining boshidan boshlashni rejalashtirmoqda.

Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi
Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi. Loyihaning umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.

Tarixda ilk marta neft narxi nol dollardan tushib ketdi
Xalqaro energetika agentligining xabar berishicha, neftga boʻlgan talab soʻnggi 25 yil ichida eng past koʻrsatkichga yetmoqda. Bir sutka davomidagi narx pasayishi 150 foizga teng boʻldi.

11 mlrd soʻmdan ortiq soliqlarni toʻlash kechiktirildi
19 apreligacha mahalliy davlat hokimiyati va soliq xizmati organlarining qarorlari asosida tadbirkorlik subʼyektlarining soliqlarini toʻlash muddatlari kechiktirildi.

Turkiya kompaniyasi Qibrayda “Invest Village” loyihasi doirasida zamonaviy uylar quradi
“Invest Village” loyihasi roʻyobga chiqarilishi natijasida zamonaviy turar-joy binolari qurilib, uning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.

Markaziy bank: Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi
“TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Dollar kursi oʻsishi sezilarli darajada sekinlashdi
Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi 21 apreldan 16,94 soʻmga koʻtarildi.

"Oʻzdonmahsulot" bir qop un narxini 125 ming soʻm etib belgiladi
"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming soʻm qilib belgilandi.

Bojxona omborlari 43,3 million dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda
18 aprel holatiga bojxona omborlarida jami 43,3 mln. dollarga teng oziq-ovqat mahsulotlari saqlanmoqda.

Dollar sotib olishda cheklov bormi?
Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish boʻyicha hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaydi.

Markaziy bank: Karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emas
Koronavirus pandemiyasi aholi turmushining ogʻirlashishiga, narxlarning qimmatlashishiga olib kelmaydimi? Umuman, Oʻzbekistonda bu epidemiyadan keyingi iqtisodiy holat, pul-kredit siyosatidagi oʻzgarishlar qanday prognoz qilinmoqda?

Soʻmning qadrsizlanishining asosiy sababi nima?
Internet nashrlari orqali bir qator iqtisodchilar, ekspertlar milliy valyuta qadrsizlanishi borasida oʻzlarining shaxsiy fikrlarini bildirdilar. Baʼzi ekspertlarning 2020 yil oxiriga soʻm almashuv kursi boʻyicha prognozlari ham paydo boʻldi.

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi ilk marta 10 000 soʻmdan oshdi
Markaziy bank 16 apreldan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Unga koʻra 1 AQSh dollari 427,64 soʻmga qimmatlagan.
