Lombardlar faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida Nizom loyihasi muhokamaga joylashtirildi
Nizom isteʼmolchilarga maʼlumot berish tartibi, muddati oʻtgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan oʻzaro munosabatlarini koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.

“Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida”gi Nizom loyihasi muhokama uchun joylashtirildi
Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida Markaziy bankning “Moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻgʻrisida”gi Nizomi loyihasi ishlab chiqilib, www.regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

Markaziy bank 2020 yil uchun inflyasiya prognozini maʼlum qildi
Mazkur hujjat moliyaviy xizmatlar isteʼmolchilarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi asosiy tamoyillar va moliyaviy xizmatlar koʻrsatish jarayonida mikrokredit tashkilotlari va lombardlar rioya qilishi zarur boʻlgan talablarni kamrab oladi.
Nizom isteʼmolchilarga maʼlumot berish tartibi, muddati oʻtgan qarzdorlik kelib chiqqan taqdirda nobank kredit tashkilotining qazdorlar bilan oʻzaro munosabatlari, shuningdek, isteʼmolchilarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibini belgilaydi.
Hujjat loyihasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz hamda taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

