| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi547 marta oʻqildi

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi oʻrtasida isteʼmolchilar fikri Indeksini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi isteʼmolchilar fikrini oʻrganish maqsadida aholi oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazmoqda. Soʻrovnoma har oyda oʻtkaziladi. Unda 16 yosh va undan katta yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari qatnashishi mumkin.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi aholi oʻrtasida isteʼmolchilar fikri Indeksini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda

Oʻzbekistonda koronavirusning aholi ijtimoiy-iqtisodiy holatiga taʼsiri jarayonlarini, shu jumladan, koronavirus taʼsirini yumshatish boʻyicha koʻrilayotgan choralarni baholash boʻyicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Markazga Isteʼmolchilar kayfiyati indeksini yaratish vazifasi yuklatilgan.

  • Isteʼmolchilarning kayfiyati indeksi har oyda oʻlchanadigan va eʼlon qilinadigan isteʼmolchilar ishonchi koʻrsatkichidir. Indeks ikki qismdan iborat - isteʼmolchilarning hozirgi iqtisodiy vaziyatni baholashlari va ularning taxminlari.

Isteʼmolchilarning kayfiyati isteʼmolchilarning oʻz xaridlarini koʻpaytirish / kamaytirishga tayyorligini aniqlaydi.

Markaz IT Park bilan hamkorlikda 8 ta savoldan iborat boʻlgan telegram-bot ishlab chiqdi. Soʻrovni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://t.me/consumersentiment_bot

Soʻrov Oʻzbekistonning baʼzi iqtisodiy koʻrsatkichlari boʻyicha isteʼmol tendensiyalari va isteʼmolchilarning taxminlarini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.

Tadqiqot natijalari kelajakda isteʼmolchilarning taxminlarini aniqlash orqali aholining iqtisodiy kayfiyatini aniqlash va rivojlanish tendensiyasini bashorat qilish uchun iqtisodiy barometr rolini oʻynaydi.

Bugungi kunda koʻplab davlatlar pandemiya sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni doimiy ravishda kuzatib borish va tegishli choralarni ishlab chiqish uchun muvofiqlashtirish mexanizmlarini ishlab chiqishmoqda. Masalan, Avstriyada Iqtisodiyot va raqamlashtirish vazirligi tomonidan COVID-19 ning iqtisodiyotga taʼsirini kuzatuvchi ishchi guruhi tuzilgan. Daniyada hukumat biznes sektori bilan hamkorlikda mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan aniq va maqsadli chora-tadbirlarni muhokama qilish vakolatiga ega boʻlgan «Hukumat va biznes hamkorlik guruhi» tuzildi. Fransiyada davlat taraqqiyot banklari bilan hamkorlikda korxonalarni qoʻllab-quvvatlash choralarini faollashtirish boʻyicha Mintaqaviy maqsadli guruhlar tuzilgan.

Ushbu mamlakatlarda mazkur indeks milliy darajadagi iqtisodiy muloqotning juda muhim qismiga aylandi, shuning uchun koʻpchilik isteʼmolchilarning fikrlari aniq va har tomonlama mos deb koʻpchilik tomonidan baholanadi. Lekin shu bilan birga, isteʼmolchilarning kayfiyatlarini aniqlash ancha murakkab, chunki isteʼmolchilarning kayfiyatini bevosita kuzatish boʻlmaydi. Isteʼmolchilarning xatti-harakatlarini kuzatish mumkin xolos.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ