Xalqaro valyuta fondi: Global rivojlanish. Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalari uchun taʼsirlari
Xalkaro valyuta fondining taxlillariga koʻra joriy yil boshidan buyon neft va boshqa xom-ashyo tovarlar narxining keskin pasayishi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar iqtisodiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi.

Joriy yil boshidan buyon neft va boshqa xom-ashyo tovarlar narxining keskin pasayishi Markaziy Osiyodagi mamlakatlar iqtisodiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Xitoy Italiya bilan birgalikda Turkmaniston (80 foizdan koʻprogʻi Xitoy), Ozarbayjon va Qozogʻiston uchun muhim eksport manzili boʻlib qolmoqda. Qirgʻiziston importining qariyb 30 foizi Xitoydan amalga oshiriladi. Taʼminotda uzilishlar import bilan bogʻliq byudjet tushumlarini kamaytirdi va ichki narxlar koʻtarilishiga olib keldi (Qirgʻiziston, Tojikiston).

Milliy valyuta devalvatsiyasining jismoniy shaxslar depozitlariga taʼsiri
Undan tashqari Rossiyadagi iqtisodiy pasayish sababli pul oʻtkazmalarining pasayishi milliy valyutalar almashuv kursiga va suveren obligatsiyalar boʻyicha foiz stavkalariga taʼsir koʻrsatdi.
Kavkaz va Markaziy osiyo (KMO) neft eksport qiluvchi davlatlarda iqtisodiy oʻsish oʻrtacha 0,8 foizga pasayishi kutilmoqda (Ozarbayjonda -2,2 foiz, Qozogʻistonda -2,5 foiz, Turmanistonda 1,8 foiz va Oʻzbekistonda 1,8 foiz). KMO mamlakatlari iqtisodiyoti COVID-19 pandemiyasidan eng koʻp zarar koʻrgan mamlakatlarga bogʻliqligi sababli, ushbu mamlakatlarda tashqi toʻlov balansi yomonlashishi mumkin. 2020 yilda Ozarbayjon (-8,2 foiz), Qozogʻiston (-6,8 foiz), Qirgʻiziston (-16,6 foiz) va Oʻzbekistonda (-9,4 foiz) joriy hisoblari defitsitini yanada yomonlashishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, iqtisodiy faollikning pasayishi va sogʻliqni saqlash va ijtimoiy sohalarda qoʻshimcha choralar koʻrish sharoitida fiskal balansning yanada yomonlashishi kutilmoqda.

Qirgʻiziston va Tojikistonda oziq-ovqat narxlarining koʻtarilishidan xavotirda qayta moliyalash stavkalarini mos ravishda 75 va 50 bazaviy bandga koʻtarildi. Qozogʻistonda ham tenge kursini erkin tebranishiga yoʻl qoʻshishdan oldin asosiy foiz stavkasini 275 bazaviy bandga koʻtardi.
Iqtisodiyotni qoʻllab-quvvatlash maqsadida YaIMning 9 foiziga teng miqdorda krizisga qarshi choralar paketini eʼlon qildi. Ozarbayjon, Gruziya va Oʻzbekistonda ham YaIMning 1-3 foizi miqdorida inqirozga qarshi fiskal paketlarini eʼlon qilindi.
Yaqin kelajakda COVID-19 pandemiyasining insoniyatga va iqtisodiy zararlariga javob berish va uning taʼsirini cheklash ustuvor vazifa boʻlib qoladi.
Virusdan aziyat chekayotgan davlatlar sogʻliqni saqlash sohasidagi imkoniyatlarni cheklayotgan muammolarni bartaraf etish va koronavirus tarqalishini kamaytirish maqsadida toʻgʻridan-toʻgʻri, tezkor moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishi lozim.
Hukumatlar dori-darmon, shaxsiy himoya vositalari, tibbiy buyumlar va shu kabi boshqa tovarlar importini osonlashtirish uchun choralarini koʻrib chiqishi kerak.
Bundan tashqari, maqsadli ijtimoiy toʻlovlar, shuningdek, eng koʻp zarar koʻrgan firmalarga vaqtincha subsidiyalar berish yoki soliq toʻlovlarini kechiktirish lozim.
Bunday chora-tadbirlarni mavjud moliyaviy rejalarini qayta kurib chiqmasdan amalga oshirish imkoniyati faqatgina kam sonli davlatlarda (Ozarbayjon, Qozogʻiston, Oʻzbekiston) mavjud. Koronavirus muammosini zudlik bilan bartaraf etish uchun kiritilayotgan bunday oʻzgarishlar vaqtinchalik harakatlar ekanligini aholiga aniq yetkazish kerak.
COVID-19 pandemiyasining global iqtisodiyotga taʼsiri: soʻrovnoma natijalari
Inflyasiya va tashqi toʻlov balansi katta xavf ostida boʻlgan mamlakatlarda valyuta kursining keskin oʻzgarishi, inflyasion bosimning kuchayishini oldini olish maqsadida pul-kredit siyosatini qatʼiylashtirish tavsiya etiladi.
Moliyaviy barqarorlikni saqlash maqsadida, valyuta bozoriga aralashuv va kapital oqimini boshqarish boʻyicha choralar makroprudensial siyosat bilan birgalikda qoʻllanilishi mumkin. Biroq, bunday choralar shaffof va vaqtinchalik boʻlishi lozim va zarur makroiqtisodiy oʻzgarishlar oʻrnini bosmasligi kerak.
Bundan tashqari, hukumatlar zarar koʻrgan firmalarga yordam berishi uchun banklarga likvidlikni yetarli darajada taʼminlashi va favqulodda moliyalashtirish sxemalarini yoʻlga qoʻyishi lozim.
Iqtisodiy koʻrsatkichlar:
Oʻrtacha | Prognoz | |||||
2000-16 | 2017 | 2018 | 2019 | 2020 | 2021 | |
YaIM real oʻsishi | 7.4 | 4.0 | 4.3 | 4.8 | -1.0 | 4.7 |
(Yillik oʻzgarish; foiz) | ||||||
Armeniya | 6.6 | 7.5 | 5.2 | 7.6 | -1.5 | 4.8 |
Ozarbayjon | 9.5 | 0.2 | 1.5 | 2.3 | -2.2 | 0.7 |
Gruziya | 5.5 | 4.8 | 4.8 | 5.1 | -4.0 | 3.0 |
Qozogʻiston | 6.9 | 4.1 | 4.1 | 4.5 | -2.5 | 4.1 |
Qirgʻiziston | 4.4 | 4.7 | 3.5 | 4.5 | -4.0 | 8.0 |
Tojikiston | 7.7 | 7.1 | 7.3 | 7.5 | 1.0 | 5.5 |
Turkmaniston | 9.7 | 6.5 | 6.2 | 6.3 | 1.8 | 6.4 |
Oʻzbekiston | 6.8 | 4.5 | 5.4 | 5.6 | 1.8 | 7.0 |
Inflyasiya | 9.1 | 9.4 | 8.3 | 6.8 | 7.7 | 6.9 |
(Yillik oʻrtacha; foiz) | ||||||
Armeniya | 3.8 | 1.0 | 2.4 | 1.4 | 0.8 | 2.0 |
Ozarbayjon | 6.3 | 12.8 | 2.3 | 2.6 | 3.3 | 3.2 |
Gruziya | 5.1 | 6.0 | 2.6 | 4.9 | 4.6 | 3.7 |
Qozogʻiston | 8.6 | 7.4 | 6.0 | 5.2 | 6.9 | 6.8 |
Qirgʻiziston | 8.0 | 3.2 | 1.5 | 1.1 | 10.6 | 7.2 |
Tojikiston | 12.5 | 7.3 | 3.8 | 7.8 | 8.1 | 6.9 |
Turkmaniston | 5.6 | 8.0 | 13.3 | 5.1 | 8.0 | 6.0 |
Oʻzbekiston | 13.8 | 13.9 | 17.5 | 14.5 | 12.6 | 10.6 |
Davlatning umumiy fiskal balansi | 1.6 | -2.8 | 2.0 | 0.6 | -5.6 | -3.1 |
(YaIMga nisbatan foiz) | ||||||
Armeniya1 | -3.4 | -4.8 | -1.8 | -1.0 | -5.0 | -2.5 |
Ozarbayjon1 | 5.9 | -1.4 | 5.5 | 8.4 | -12.8 | -9.7 |
Gruziya | -2.0 | -2.7 | -2.3 | -2.0 | -7.8 | -3.8 |
Qozogʻiston | 2.1 | -4.3 | 2.5 | -0.6 | -5.3 | -2.7 |
Qirgʻiziston | -4.0 | -3.7 | -0.6 | -0.1 | -9.6 | -6.4 |
Tojikiston | -2.9 | -6.0 | -2.8 | -2.1 | -6.4 | -3.0 |
Turkmaniston2 | 2.4 | -2.8 | -0.2 | -0.3 | -2.3 | -0.5 |
Oʻzbekiston | 0.5 | 1.6 | 2.1 | 0.0 | -3.3 | -1.3 |
Joriy hisoblar balansi | 0.2 | -2.3 | 0.2 | -1.6 | -7.2 | -5.0 |
(YaIMga nisbatan foiz) | ||||||
Armeniya | -8.1 | -3.0 | -9.4 | -8.2 | -8.6 | -7.2 |
Ozarbayjon | 7.7 | 4.1 | 12.8 | 9.2 | -8.2 | -3.7 |
Gruziya | -10.8 | -8.1 | -6.8 | -5.1 | -10.5 | -6.9 |
Qozogʻiston | -1.1 | -3.1 | -0.1 | -3.6 | -6.8 | -5.5 |
Qirgʻiziston | -5.7 | -6.2 | -12.1 | -9.1 | -16.6 | -11.0 |
Tojikiston | -9.0 | 2.2 | -5.0 | -3.3 | -7.7 | -4.5 |
Turkmaniston | -10.0 | -10.4 | 5.5 | 5.1 | -1.4 | -0.4 |
Oʻzbekiston | 4.0 | 2.5 | -7.1 | -5.6 | -9.4 | -6.4 |
Manba: Milliy hukumatlar; XVF xodimlarining baholari va prognozlari
1Central government
2State government
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

