| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi82 marta oʻqildi

«Google» Oʻzbekistonda QQS toʻlashni boshladi

QQS boʻyicha birinchi toʻlov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi.

«Google» Oʻzbekistonda QQS toʻlashni boshladi

Soliq kodeksi bilan 2020 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorijiy kompaniyalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini (QQS) toʻlash joriy etilgandi.

Bunday kompaniyalarni roʻyxatga olish uchun Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan maxsus xizmat – Internet-kompaniyalarning QQS-ofisi yaratildi.

Davlat soliq qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berishicha, QQS boʻyicha birinchi toʻlov «Google Commerce Limited» kompaniyasi tomonidan amalga oshirildi. Kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga koʻra davlat byudjetiga 85 ming yevro miqdorida mablagʻ toʻladi.

Bugungi kunga qadar QQS-ofis orqali Oʻzbekistonda 9 ta xorijiy kompaniyalar ixtiyoriy soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Ular:

- Google Commerce Limited;
- Google Ireland Limited;
- Google Voice Inc;
- Apple Distribution International Limited;
- Netflix International B.V.;
- Samsung Electronics Co., Ltd.;
- Sleverbridge AG;
- Xsolla (USA), Inc.;
- Activision Blizzard International BV

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ