Koronavirus "shokolad" bozoriga zarba berdi
Shokoladning asosiy isteʼmolchisi hisoblangan Yevropada yil oxiriga qadar kakaoni qayta ishlash 3 foizga tushishi mumkin.

Jahon shokolad sanoati jiddiy muammolarga duch keldi. Koronavirus pandemiyasi tufayli qandolat mahsulotlariga talab keskin tushib ketdi, bu esa ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida qiyinchiliklarga olib keldi.
Shokoladning asosiy isteʼmolchisi hisoblangan Yevropada yil oxiriga qadar kakaoni qayta ishlash 3 foizga tushishi mumkin. Shimoliy Amerikada esa tahlilchilar 5,3 foizga pasayishini taxmin qilishmoqda. Eng katta pasayish Osiyoda boʻlishi kutilmoqda, tahlilchilar ushbu mintaqada kakaoni qayta ishlash 9 foizga kamayishi yuz berishi mumkin, deb hisoblamoqda.
Osiyo mintaqasidagi bunday keskin qisqarish, soʻnggi yillarda ortib borgan talab, yirik ishlab chiqaruvchilar qayta ishlash quvvatini oshirishga harakat qilganligi bilan bogʻliq.
Kakao yetishtirish boʻyicha jaxon yetakchilari Kot-dʼIvuar va Gana oʻz mahsulotlariga qoʻshimcha narx belgilagan. Bundan maqsad talab va narxlarning pasayishi natijasida yetkazilgan zararni qoplashdir.
"Shokoladga boʻlgan talab narxlarning koʻtarilishi va iqtisodiy koʻrsatkichlarning keskin kamayishi natijasida tushib ketadi. Inqirozning taʼsiri ikkinchi chorakda yanada kuchliroq seziladi", deydi JSG Commodities vitse-prezidenti Erik Bergman.
Yil boshidan beri Nyu-York fond birjasida sotiladigan kakao fyucherslari 9,9 foizga tushgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

