| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi248 marta oʻqildi

Tarixda ilk marta neft narxi nol dollardan tushib ketdi

Xalqaro energetika agentligining xabar berishicha, neftga boʻlgan talab soʻnggi 25 yil ichida eng past koʻrsatkichga yetmoqda. Bir sutka davomidagi narx pasayishi 150 foizga teng boʻldi.

Tarixda ilk marta neft narxi nol dollardan tushib ketdi

WTI markali neftning may oyida yetkazib berish narxi keskin tushib ketdi. Bu haqda ICE Futures rasmiy veb-saytida maʼlum qilindi.

Nyu-Yorkdagi tovarlar birjasida Texasda qazib olinadigan neftning (WTI) may oyidagi fyuchers (yetkazib berish) narxi 0 dollardan tushib ketdi. Bir sutka davomidagi narx pasayishi 150 foizga teng boʻldi.

Bloomberg. WTI neft markasining may va iyun oylari uchun fyuchers narxlari

Buning asosiy sabablaridan biri koronavirus pandemiyasi tufayli neft va neft mahsulotlariga boʻlgan talab pasayib ketgan. 160 mln barrel neft dunyo boʻylab tankerlarda turib qolgan.

Xalqaro energetika agentligining xabar berishicha, neftga boʻlgan talab soʻnggi 25 yil ichida eng past koʻrsatkichga yetmoqda.

Kamroq neft qayta ishlanayotganligi bois qazib olingan neftning qolgan qismi Oklaxomadagi neftni saqlash joylariga joylashitirilmoqda, lekin ular deyarli toʻlib qolgan. Neftni saqlash joylari boʻlmaganligi uchun, neft yetkazib beruvchilar may oyi uchun neft sotib olishdan bosh tortishmoqda.

«Neft saqlash joylari spekulyantlar zaxirasi bilan toʻla va koʻplab shtatlarda uyda qolish rejimi davom etayotganligi bois, neftni qayta ishlovchilar past darajada neft isteʼmol qilishmoqda. Holat keyingi 24 soat ichida oʻzgarishiga umid uncha katta emas», deya taʼkidlagan Fil Flinn, Price Future Groupning Chikagodagi tahlilchisi.

Iyun oyi uchun WTI fyuchers narxi 20 AQSh dollari atrofida baholanmoqda.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ