"Oʻzdonmahsulot" bir qop un narxini 125 ming soʻm etib belgiladi
"Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming soʻm qilib belgilandi.

Aholining un mahsulotlariga boʻlgan talabini qondirish maqsadida "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi tizim korxonalari tasarrufida boʻlgan zamonaviy energiyatejamkor texnologiyalar bilan jihozlangan 52 ta tegirmon sexlarida har kuni 6000 tonnadan ortiq un ishlab chiqarilmoqda.
Bugungi kunda tizim korxonalari omborlarida 32 ming tonnadan ortiq un zaxiralari bor va ehtiyojdan kelib chiqib ishlab chiqarish xajmlarini oshirish imkoniyatlari mavjud.
Hukumat topshirigʻiga asosan, "Oʻzdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi tizim korxonalarida ishlab chiqarilgan bir qop un uchun 125 ming soʻm qilib belgilandi.
Bundan tashqari, tizim korxonalari omborlarida respublikamiz aholisining un mahsulotiga boʻlgan talabini toʻla qondirish uchun yetarli miqdorda don zahiralari mavjud.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

