| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi191 marta oʻqildi

Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyatida 250 ish oʻrnini yaratdi

Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyati Zomin tumanida istiqomat qiluvchi 250 kishini ishga qabul qiladi. Sugʻoruvchi, traktorchi yordamchisi va turli ishlarni bajaruvchi ishchilar lavozimlariga ishga qabul qilish jarayoni ketmoqda.

Jizzax Organic qishloq sanoati klasteri Jizzax viloyatida 250 ish oʻrnini yaratdi

2020 yil aprel oyining soʻngida Jizzax Organic 250 ta lavozimga xodimlar qabul qilishni boshladi. Qishloq xoʻjaligi klasteri tomonidan yaratilgan ish oʻrinlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 22 aprelda boʻlib oʻtgan videoselektorda bildirilgan muammolarni hal qilishga yordam beradi. Xususan, yangi boʻsh ish oʻrinlari malaka va maxsus maʼlumotni talab qilmaydi. Bu Prezident taʼkidlaganidek, ayniqsa, himoyaga muhtoj, "karantindan avval ham ishsiz boʻlgan va kunlik daromadga qaram" aholi qatlamlarini ish bilan taʼminlashga imkon beradi.

«Ish oʻrinlari sonining koʻpayishi aholi farovonligini taʼminlashning muhim omili sanaladi. Barchamizga maʼlumki, joriy etilgan cheklovlar tufayli koʻplab aholi daromad manbalaridan ayrildi. Hozirda Jizzax viloyatida ishsizlik darajasi 9,2 foizni tashkil etmoqda. Bizning viloyatimizda koronavirus bilan kasallanish holatlari koʻp emas, shu sababdan sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda odamlar oʻz salomatliklariga xavf tugʻdirmasdan ishlashlari mumkin. Jizzax Organic dagi ish oʻrinlari pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy taʼsirini kamaytishga yordam beradi», dedi Jizzax viloyati hokimligi matbuot kotibi Akmal Binoqulov.

Xodimlar sonining kengayishiga beshta omil sabab boʻldi:

  1. ozuqabop ekin maydonlari 5,7 ming gektarga koʻpaytirildi;

  2. ajratilgan yerlarda sugʻorish tizimi tiklanmoqda;

  3. qishloq xoʻjaligi texnikasi parkining kengaytirilishi. Yevropadan texnikalar importi hajmi 8,7 million AQSh dollariga yetdi;

  4. Avstraliyadan 2,5 ming bosh Dorper nasldor qoʻylarni qabul qilish uchun tayyorgarlik ishlari;

  5. Amerika va Rossiyadan 5 ming bosh nasldor qoramol, shu jumladan Rossiya bozorida eng yirik goʻsht ishlab chiqaruvchi “Miratorg”dan 2 ming Angus zotli buqa olish uchun tayyorgarlik.

«Jizzax Organic dagi ishlar sanitariya-gigiyena meʼyorlariga muvofiq olib borilmoqda. Biroq, Prezidentning taʼkidlaganidek, "bugun yoʻqotilgan vaqt va imkoniyatni ertaga qaytarib boʻlmaydi", shuning uchun biz ekin ekish va zotdor mollarni import qilish bilan faol shugʻullanmoqdamiz. Bugun bizning kompaniyamiz amalga oshirayotgan ishlar, ertaga Oʻzbekistonning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaydi. Klaster xodimlari uchun kuniga uch mahal issiq ovqat va ish joyiga yetkazish uchun transport tashkillashtirilgan, yaqin masofada yashovchi ishchilarga esa velosiped beriladi. Bundan tashqari, yangi boʻsh ish oʻrinlari mavsumiy emas, demak, odamlarning daromadi doimiy va barqaror boʻladi», deya izoh berdi Jizzax Organic direktori Hikmatilla Karimov.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan tashkil etilgan Jizzax Organic kompaniyasi goʻsht va sut mahsulotlari ishlab chiqarish, oʻsimlikshunoslik va naslchilik bilan shugʻullanadi. Jizzax klasterining yaqin kelajakdagi rejalari - Oʻzbekistonda yirik marmar mol goʻshti ishlab chiqaruvchisiga aylanishdir. Kompaniyaning umumiy investitsiyasi miqdori 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Maʼlumot uchun, «Jizzax Organic» XK MChJ Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 iyuldagi 619-son Qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni bajarish uchun tashkil etilgan. Korxonaning ishi Oʻzbekistonning qishloq xoʻjaligi sektorini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. «Jizzax Organic» XK MChJ chorvachilik, oʻsimlikshunoslik va seleksiya-genetika ishlari bilan shugʻullanadi. Jizzax qishloq xoʻjaligi klasteriga investitsiyalar summasi 150 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ