BAA kompaniyasi Navoiy viloyatida fotoelektrik stansiyasi quradi
Navoiy viloyatida umumiy quvvati 100 MVt boʻlgan fotoelektrik stansiyani loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ishlatish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish uchun investor tanlab olish jarayoni yakunlandi.

Tender Jahon banki guruhi tartib-taomillariga muvofiq oʻtkazildi. Unda «Abu Dhabi Future Energy Company PJSC – Masdar» (BAA) kompaniyasi gʻolib deb topildi. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi u bilan investitsiya bitimi, «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ esa elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim tuzdi.
Oʻzbekistonda investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun loyiha kompaniyasi – investor nomidan ish yuritadigan «Nur Navoi Solar» MChJ taʼsis etildi. Loyiha doirasida unga:
– kreditlash, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan, boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochishga;
– Oʻzbekiston tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni mamlakatimizdagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirishga ruxsat berildi.
Investor ishlab chiqarilgan elektr energiyasini qatʼiy tarif – 1 kVt-s uchun $2,679 miqdorida (tarif investitsiya loyihasining butun 25 yillik muddati davomida xorijiy valyutada denominatsiyalangan) yagona xaridor – «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga sotish majburiyatini oldi. Toʻlov mahalliy valyutada amalga oshiriladi. 5.05.2015 yildagi PQ-2343-son qarorda (5-bandi ikkinchi xatboshisiga qarang) nazarda tutilgan QQSdan ozod qilish investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida sotiladigan elektr energiyasi hajmlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Shuningdek arab kompaniyasi kuchlanishni oshiruvchi FES podstansiyasini qurishi va foydalanishga topshirilgandan keyin uni «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJga bepul asosda berishi shart.
Investor va loyiha kompaniyasining majburiyatlari 20 million dollar miqdoridagi bank kafolati bilan taʼminlanadi. «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ elektr energiyasini 6 oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun investor foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditiv ochadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

