11 mlrd soʻmdan ortiq soliqlarni toʻlash kechiktirildi
19 apreligacha mahalliy davlat hokimiyati va soliq xizmati organlarining qarorlari asosida tadbirkorlik subʼyektlarining soliqlarini toʻlash muddatlari kechiktirildi.

Mahalliy davlat hokimiyati hamda soliq xizmati organlarining qarorlari asosida xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarining 11 milliard 536 million soʻmlik soliqlarini toʻlash muddatlari oʻzgartirildi.

Oʻzbekistonda 6,76 milliard soʻmdan ziyod soliqlarni toʻlash muddati keyinga qoldirildi
Oʻzbekiston Prezidentining Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy taʼsirini yumshatish boʻyicha PF-5969 va PF-5978-sonli Farmonlarida tadbirkorlik subʼyektlarining mol-mulk soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqlarini kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) masalalariga alohida urgʻu berilmoqda.
Joriy yilning 19 apreligacha mahalliy davlat hokimiyati va soliq xizmati organlarining qarorlari asosida tadbirkorlik subʼyektlarining soliqlarini toʻlash muddatlari kechiktirildi.
Jumladan, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan subʼyektlarining 7,5 mlrd. soʻmlik soliqlarini toʻlash muddatlari kechiktirilgan boʻlsa, transport sohasi tadbirkorlari 626,1 mln. soʻm, qurilish sohasi vakillari esa 623,6 mln. soʻm miqdoridagi soliqlarni toʻlash muddatini oʻzgartirish imkoniga ega boʻldi.
Bundan tashqari:
- savdo – 588,7 mln. soʻm;
- sanoat – 500,6 mln. soʻm;
- xizmat koʻrsatish – 472,8 mln. soʻm;
- umumiy ovqatlanish – 391,2 mln. soʻm;
- bozor – 383, 4 mln. soʻm;
- mehmonxona xizmati – 251,3 mln. soʻm;
- qishloq xoʻjaligi – 200, 4 mln. soʻm;
- tibbiy xizmat – 15,6 mln. soʻm;
- toʻyxona xizmati sohasi vakillariga 11,3 mln. soʻm miqdoridagi soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirishga ruxsat berildi.
Shuningdek, yana 690,2 mlrd. soʻm miqdoridagi soliqlarni toʻlash muddatini oʻzgartirish boʻyicha kelib tushgan murojaatlar vakolatli organlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

