| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi97 marta oʻqildi

Dollar sotib olishda cheklov bormi?

Jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish boʻyicha hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaydi.

Dollar sotib olishda cheklov bormi?

Dollar sotib olishda cheklov bormi? Aytishlaricha, odamlar bankka kelib dollar uchun navbatda turishmoqda. Aftidan, qoʻlida jamgʻarmasi borlar soʻmning qadrsizlanishi, dollar kursi oshib ketishidan xavotirda. Ular orasida valyuta oldi-sotdisida cheklovlar boʻlishidan hadiksirayotganlar ham bor.

Bugungi kunda jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklaridan chet el valyutasini sotib olish yoki sotish boʻyicha hech qanday cheklovlar yoki toʻsiqlar oʻrnatilmagan. Shuningdek, kelgusida ham jismoniy shaxslarga tijorat banklari tomonidan chet el valyutasini sotish va sotib olish boʻyicha hech qanday cheklovlar oʻrnatilmaydi, deb xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Milliy valyuta kursi valyuta bozorida shakllanadigan talab va taklifning joriy darajasi asosida oʻzgaradi. Kursning qadri oshishi yoki pasayishi iqtisodiyotda va tashqi sharoitlarda roʻy beradigan fundamental omillar bilan bogʻliq boʻladi.

Bugungi kunda milliy valyutadagi muddatli depozitlar boʻyicha banklar tomonidan taklif etilayotgan foiz stavkalari oʻrtacha 20-21 foiz atrofida shakllangan. AQSh dollari kursining yil boshidan 5-6 foizga oshganligini inobatga olib hisoblaganda ham milliy valyutadagi depozitlarning iqtisodiy jihatdan afzalligini koʻrish mumkin.

Shu nuqtai nazardan, inflyasiyaning kelgusida pasayib borishi sharoitida milliy valyutadagi depozitlar jozibadorligi va ular boʻyicha ijobiy real foiz stavkalari saqlanib qoladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ