| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes3 daqiqada oʻqiladi207 marta oʻqildi

TBC Uzbekistan oʻz faoliyatini 2020 yilning iyun oyida boshlaydi

TBC Uzbekistan, TBC PLC banklar guruhining shuʼba kompaniyasi, bank amaliyotlarini joriy etish uchun litsenziyani qoʻlga kiritdi va oʻz faoliyatini 2020-yil iyun oyining boshidan boshlashni rejalashtirmoqda.

TBC Uzbekistan oʻz faoliyatini 2020 yilning iyun oyida boshlaydi

TBC PLC guruhi bankning ustav kapitaliga 12,6 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi va 2020 yil oxiriga qadar qoʻshimcha 9,4 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Joriy yil oxiriga kelib kapitalning yana oʻsishi kutilmoqda. Potensial yangi aksiyadorlar, shu jumladan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va Oʻzbekiston-Ummon investitsiya kompaniyasi ichki kelishuvlar natijalaridan kelib chiqib, ishtirok etishga qiziqish bildirdilar. TBC PLC 51%lik majoritar ulushga ega boʻlgan aksiyador boʻlib qoladi.

Markaziy bank: Gruziyaning “TBC Bank” aksiyadorlik tijorat bankiga litsenziya berildi

TBC PLCning strategik dasturi Oʻzbekistonda jismoniy shaxslar hamda mayda, kichik va oʻrta korxonalar kabi mijozlar uchun bank ekotiziminining yangi avlodini yaratishni oʻz ichiga oladi. Shu bilan birga, asosiy urgʻu raqamli ish yuritish va yaqin hamkorlik qilish kanallariga beriladi. Ayni damdagi vaziyat va Covid-19ning taʼsirini eʼtiborga olgan holda, bank oʻz biznes-modelini qoʻshimcha muqobillashtirdi: aktivlar bilan ishlashni yengillashtirish va iqtisodiy foyda keltiruvchi amaliyotlarni joriy etishdir. Shuningdek, jismoniy filiallarning rejalashtirilgan soni qisqartiriladi.

Bank ushbu bosqichda taklif qilayotgan bank mahsulotlarining turlari quyidagilardan iborat:

  • Amaldagi hisoblar va omonat hisoblari;

  • Naqd pul koʻrinishidagi kreditlar, ish haqi garov kreditlari va avtokreditlar;

  • Kartalar berish, mobil ilova va tranzaksiya imkoniyatlarini taqdim etish, xususan, va shu bilan birga cheklanmagan P2P turdagi tranzaksiyalar, pul koʻchirmalari va kommunal toʻlovlar.

TVS, shuningdek, moliya amaliyotlarini bankdan mijozlarga xizmat koʻrsatish punktlariga koʻchirishni rejalashtirdi. Payme shuʼba filiali esa bankdan alohida ishini davom ettiradi. Ammo bu ikki kompaniya yaqin hamkorlikda ishini davom ettiraveradi.

Bankni boshqarish tajribali rahbar - bosh ijro etuvchi direktor Sandro Rtveladze zimmasiga yuklatiladi (rahbar organlar uning nomzodini yakuniy tasdiqlashidan soʻng). Bundan avval u Bayport Financial Servicesda chakana bank xizmatlari guruhining rahbari lavozimida ishlagan. Avvalroq esa Gruziyadgi Liberty Bankning bosh direktor oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. .

TBC PLC bosh rahbari, janob Vaxtang Butsxirikidzening izohi: “Soʻngi yillarda amalga oshirilgan tinimsiz harakatlarimiz, nihoyat mukofotlangani va biz Oʻzbekistonda bank amaliyotlarimizni boshlash uchun litsenziya olganimizdan juda ham xursandman. Shuningdek, Oʻzbekiston hukumat organlariga, ularning qoʻllab-quvvatlaganlari hamda yaqin hamkorliklari uchun oʻz minnatdorchiligimni izhor qilmoqchiman. Bu Guruh tarixida yangi sahifa, u kelajakda mazkur mintaqada bizning rivojlanishimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Ushbu yangi yoʻlni biz hayajon va zavq bilan boshlayapmiz. Barcha tomonlar manfaati uchun ulkan va yorqin natijalarga erishishga intilib faoliyat yuritishga harakat qilamiz.”

TBC, Oʻzbekiston Bosh ijro etuvchi Direktor lavozimiga nomzod, janob Sandro Rtveladzedan izoh: “Oʻzbekistonda TBCning tajribali jamoasiga qoʻshilganimdan gʻoyat xursandman. Shuningdek, Oʻzbekiston Markaziy bankining qoʻllab-quvvatlagani uchun oʻz minnatdorchiligimni izhor etaman. Bu faoliyatimizni rejalashtirilgan muddatlarda boshlash imkonini beradi. Nisbatan arzon va yengillashtirilgan aktivlar biznes-modeli, shuningdek, Oʻzbekistonda uzoq muddat ish yuritishga oid umidlarimiz umumiy maqsadlarga tezroq erishishga yanada kuchliroq ishonch xosil qilish mumkinligini anglatadi.”

TBC PLC Banklar Guruhi haqida maʼlumot:

TBC PLC guruhi masʼuliyati cheklangan ommaviy kompaniya. Kompaniya Angliya va Uelsda 2016-yilning fevral oyida roʻyxatga olingan. TBC PLC guruhi 2016-yilning 10-avgustidan AO TBC Bank (“TBC Bank”) ning ota-kompaniyasiga aylandi. TBC PLC TBCG belgisi ostida London fond birjasida kotirovkalanadi va FTSE 250 indeksining tashkiliy qismi hisoblanadi.

TBC Bank, oʻzining filiallari va shuʼba kompaniyalari bilan birga, Gruziyada yetakchi universal bank guruhi hisoblanadi. Gruziya Milliy Banki maʼlumotlariga koʻra, bank 2019-yilning 31-dekabr holati boʻyicha kreditlar bozorining umumiy hissasidan 39,5%, nobank depozitlarning 39,0%iga egalik qiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ