| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi95 marta oʻqildi

Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab oldi

Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab olib, joriy yilda Avstriya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni davlatlari hisobiga kengaytirildi.

Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab oldi

Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar tomonidan yanvar-mart oylarida 19 million 134 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish belgilangan boʻlib, haqiqatda 56 ta korxona tomonidan 17 million 445 ming dollarlik mahsulotlar tashqi savdoga yoʻnaltirildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.

Jumladan, sanoat mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha 28 ta korxona uchun belgilangan 14 million 480 ming dollarlik rejalashtirilgan savdo haqiqatda 38 ta korxona tomonidan 14 million 461 ming 500 dollarga yoki birinchi chorak boʻyicha dastlabki hisob-kitoblarga nisbatan 99,9 foizga bajarildi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha 11 ta korxona uchun belgilangan 4 million 654 ming dollarlik reja ijrosi haqiqatda 17 ta korxona tomonidan 2 million 983 ming 400 dollarni tashkil etmoqda.

Oʻtgan davrda rejadan tashqari 24 ta yangi korxona eksport faoliyatiga jalb qilinib, ularning eksport hajmi 1,4 million dollarni tashkil etdi.

Eksport geografiyasi dunyoning 34 ta davlatini qamrab olib, joriy yilda Avstriya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni davlatlari hisobiga kengaytirildi. Tashqi savdoga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar turi oʻtgan yilgi 28 tadan joriy yilda 32 taga yetdi.

Hududiy eksport dastlabki hisob-kitoblariga muvofiq, Samarqand shahrida joriy yilda jami 101 million 663 ming dollarlik mahsulotni eksport qilish belgilangan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ