Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi395 marta oʻqildi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda tadbirkorlik iqlimini oʻrganish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʻzbekistonda biznes iqlimini oʻrganish boʻyicha tadbirkorlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazmoqda. Soʻrovnoma har oy oʻtkaziladi.
Oʻzbekistonning ishbilarmonlik muhiti indeksi Ifo metodologiyasiga asoslangan boʻlib, iqtisodiy prognozlarning oldindan koʻra bilish qobiliyatini mustahkamlash, shuningdek, davlat va biznesdan oʻz vaqtida javob berishni taʼminlashga moʻljallangan. YaIMdan farqli ravishda indeks har oy hisoblab chiqiladi va chop etilib mamlakat iqtisodiyotining pulsi boʻlib xizmat qiladi.
Indeks ishlab chiqarish, qurilish, ulgurji va chakana savdo sohasidagi kompaniyalarning 2000 ta oylik soʻrovlari namunasiga asoslangan. Kompaniyalar keyingi joriy biznes sharoitlari (joriy biznes vaziyati indeksi) va kelgusi 6 oy istiqbollarini aniqlash (ifo biznes istiqbollari indeksi) boʻyicha soʻrovda qatnashadilar.
Taʼkidlash lozimki, joriy yilning aprel oyida, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi "Berlin economics" konsalting kompaniyasi koʻmagida biznes iqlim indeksi (Geschäftsklimaindex)ni ishlab chiqish boʻyicha Germaniya tajribasini oʻrganish uchun Iqtisodiy tadqiqotlar institutida "ifo Institut" (Germaniya) vebinar oʻtkazilgan.
Mazkur vebinar davomida Ifo Indeksini ishlab chiqish, soʻrovnomani tuzish, sektorlarning optimal ulushini aniqlash, soʻrovlarni tashkil etishning amaliy tomoni va maʼlumotlarni tahlil qilish koʻrsatkichlarini jamlash uchun Ifo formulalari yordamida batafsil maʼlumotlar olindi.
28 aprelda Markaz IT Park bilan hamkorlikda 11 ta savoldan iborat boʻlgan telegram-bot ishlab chiqdi. Soʻrovni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.
Tadbirkorlik iqlimini oʻrganish boʻyicha olinadigan maʼlumotlarkompaniyalar tomonidan belgilangan koʻrsatkichlar natijalariga asoslangan boʻlib, bu Sizning biznesingiz va biznes sharoitlaringizni xolis baholash imkonini beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi