| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi222 marta oʻqildi

Pensionerlarning plastik kartalari yetkazib berilgan vaqtda SMS-xabarnoma yoqib beriladi

Karantin davrida bank xodimlari tomonidan plastik kartalari ularning egalariga yashash manzillari boʻyicha yetkazib beriladi. SMS-xabarnoma xizmati faollashtirib berilishi uchun fuqarodan oʻsha yerning oʻzida ariza yozib berish talab etiladi.

Pensionerlarning plastik kartalari yetkazib berilgan vaqtda SMS-xabarnoma yoqib beriladi

Pensionerlarga bank kartasi ochib berilganidan soʻng, ular pul tushganligini, xarajatlarini bilib borishi uchun bank kartalarini oʻz mobil telefon raqamiga ulab, SMS-xabarnoma xizmatini yoqishlari kerak. Ushbu xizmatni ulash uchun pensioner yana bankka yoki terminal avtomatiga borishi talab etiladi. Bu esa karantin vaqtida sarsongarchilikka olib keladi, degan savollarga Markaziy bank qoʻyidagicha javob berdi.

Maʼlumki, Respublika maxsus komissiyasi tavsiyalariga koʻra, pensiya toʻlovlarini ustuvor ravishda bank kartalari orqali toʻlanishiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bunda karantin talablari, pensionerlarning imkoniyatlarini hisobga olishga eʼtibor qaratilmoqda.

Karantinga qadar bank kartasiga ega boʻlgan pensioner mablagʻ kelib tushganligini bilish uchun SMS-xabarnoma xizmatini Uzcard kartalari uchun eng yaqin joylashgan bankomat yoki infokiosk qurilmalarida, Humo kartalari uchun esa bank muassasasiga borgan holda faollashtirar edi.

Karantin davrida esa Xalq bankining masʼul xodimlari tomonidan bank kartalari ularning egalariga yashash manzillari boʻyicha yetkazib berilgan vaqtda SMS-xabarnoma xizmati ham faollashtirib beriladi. Bunda faqat fuqarodan oʻsha yerning oʻzida ariza yozib berish talab etiladi.

Bundan tashqari, pensionerlar hisobiga Xalq banki boʻlinmalari orqali mablagʻlar (bank kartalariga yoki naqd shaklda) oʻtkazilganligi haqida Byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi axborot tizimi orqali pensionerlarning mobil telefonlariga yuborish xizmatidan foydalanish imkoniyati ham mavjud.

Shu oʻrinda pensionerlarga eslatib oʻtmoqchimiz: bank kartalaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga amal qiling! Zaruriyat boʻlmaganda tegishli rekvizitlar, yaʼni kartangiz bilan bogʻliq maʼlumotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmang!

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ