| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi866 marta oʻqildi

Turkiya kompaniyasi Qibrayda “Invest Village” loyihasi doirasida zamonaviy uylar quradi

“Invest Village” loyihasi roʻyobga chiqarilishi natijasida zamonaviy turar-joy binolari qurilib, uning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi.

Turkiya kompaniyasi Qibrayda “Invest Village” loyihasi doirasida zamonaviy uylar quradi

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatida “Invest Village” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

Mazkur loyiha Qibray tumanining “Tuzel” qishloq fuqarolar yigʻini hududida amalga oshirilishi belgilangan. Uning umumiy qiymati 25 million dollarga teng. Shundan 20 million dollari Turkiyaning “Toleza Tekstil Sanayı lç ve Diş Tic. Ltd. Ști.” kompaniyasi tomonidan kiritilayotgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻi boʻlsa, 5 million dollari mahalliy kichik biznes subʼyekti - “Super Garden” MChJga tegishlidir.

Qarorda qayd etilishicha, “Invest Village” loyihasining roʻyobga chiqarilishi natijasida zamonaviy turar-joy binolari qurilib, uning 5 foizi Toshkent viloyati hokimligiga beriladi. Shuningdek, bu yerda 100 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ