| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi209 marta oʻqildi

Markaziy bank: Karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emas

Koronavirus pandemiyasi aholi turmushining ogʻirlashishiga, narxlarning qimmatlashishiga olib kelmaydimi? Umuman, Oʻzbekistonda bu epidemiyadan keyingi iqtisodiy holat, pul-kredit siyosatidagi oʻzgarishlar qanday prognoz qilinmoqda?

Markaziy bank: Karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emas

Butun jahonda roʻy berayotgani kabi Oʻzbekistonda ham koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq cheklovlar iqtisodiy faolikka salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu oʻz oʻrnida, kelgusida aholining daromadlariga oʻz taʼsirini koʻrsatmay qolmaydi. Pandemiya taʼsirida shakllangan joriy iqtisodiy holat butun dunyoda, jumladan, bizda ham joriy yilda aholi daromadlarining yuqori darajada oshmasligini koʻrsatmoqda.

Pandemiyaning narxlarga taʼsiri boʻyicha karantinning dastlabki kunlari aholining xavotirlari keskin oshishi natijasida asosiy oziq-ovqat hamda gigiyena vositalariga keskin talab oshishi kuzatildi va bu holat ayrim savdo nuqtalaridagi narxlarga vaqtinchalik oʻz taʼsirini koʻrsatdi.

Shu bilan birga, quyidagi omillarga tayanib hozirgi kunda karantin davrida narxlarning qimmatlashishiga olib keluvchi jiddiy asoslar mavjud emasligini bildiramiz.

Xususan:

  • aholining doimiy daromadlari qisqarishi natijasida isteʼmol tovarlarining asosiy qismiga boʻlgan yalpi talab keskin pasayishi;

  • kelgusi oydan boshlab qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining yangi hosili katta hajmda bozorlarga chiqishi;

  • tegishli Prezident Farmoni bilan bir qator asosiy xalq isteʼmolidagi tovarlari va ularning xomashyolari importiga 2020 yil 31 dekabriga qadar bojxona boji va aksiz soligʻining bekor qilinishi;

  • Hukumatning oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha amalga oshirayotgan chora-tadbirlari.

Shuningdek, 2020 yildan boshlab Markaziy bankning asosiy stavkasi 1 foiz bandga pasaytirilib, 15 foiz darajasida belgilandi. Bu birinchi navbatda, iqtisodiy faollik pasayishi sharoitida inflyasiya boʻyicha prognozlarni pasayish tomonga koʻrib chiqilganligi bilan bogʻliq.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ