Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi
Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi. Loyihaning umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.

“Oʻzbekgidroenergo” AJ tomonidan Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori qoshida kichik GES qurilishi boshlandi. Bu haqda “Oʻzbekgidroenergo” matbuot xizmati xabar qildi.
Sardoba suv ombori 2017 yilda Janubiy Mirzachoʻl kanalining markaziy tarmogʻi oqib oʻtgan hududda barpo etilgan boʻlib, suv omborining hajmi 930 mln m3 ni tashkil etadi. Suv omborining balandligi 28,8 metr.
“Sardoba suv omborida kichik GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish 2020-2022 yillarga moʻljallangan boʻlib, umumiy qiymati 21,3 mln yevroni tashkil qiladi.
Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishi belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan. Loyiha Rossiya Federatsiyasining “Roseksimbanki” tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy kreditlar hisobiga moliyalashtirilishi rejalashtirilgan.
Rossiya tomonidan bosh pudratchi sifatida “Silovie mashini – ZTL, LMZ, Elektrosila, Energomasheksport” kompaniyasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazilib, 19,2 mln yevro ekvivalentiga teng shartnoma imzolangan.
Shuningdek, 3,7 mln yevro ekvivalentidagi oʻz mablagʻlari bilan “Oʻzbekgidroenergo” AJ ishtirok etadi.
GESning oʻrnatilgan umumiy quvvati 10,7 MVt. GESda 5,35 MVtgdan iborat ikkita gidroagregat oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Yillik ishlab chiqarish quvvati 41,1 kVt.soatga teng.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

