Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

«Markaziy bank toʻgʻrisida»gi Qonunning yangi tahriri eʼlon qilindi
Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga taʼsir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga maʼmuriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.

Oʻzbekiston Hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti mamlakatda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash boʻyicha yangi loyiha boshlaydilar
Qiymati ikki million AQSh dollariga teng boʻlgan qoʻshma loyihaning asosiy eʼtibori mamlakatdagi ijtimoiy jihatdan eng zaif boʻlgan insonlarga qaratiladi

Toshkentning bir nechta chorrahalarida “Vafel chizmalari” tashkil etilmoqda
Hozirgi vaqtda sariq rangli kataklar Nukus koʻchasining Bobur, Abdulla Qahhor, Glinka, Beshyogʻoch, Mirobod, Avliyo-Ota, Afrosiyob koʻchalari bilan kesishmasida – jami yettita chorrahalarda chizilgan.

Oʻzbekiston BAA ning hukumat akseleratorini yaratish tajribasini oʻrganmoqda
2019 yilning 3-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligida (BAA) boʻlib qaytdi.

Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri tayinlandi
Hukumat qarori bilan Abdugʻappor Karimjonovich Qirgʻizboyev Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamentining mudiri etib tayinlandi.

Davlat Qoraqalpogʻistonda chorvachilik loyihalarini qoʻllab-quvvatlaydi
2019-2020 yillarda ularga jami 125 mln AQSh dollari va 366,6 mlrd soʻm sarflanadi (7.11.2019 yildagi PQ-4512-son qarorga qarang).

Markaziy bank soʻmning ramz tarzidagi grafik belgisini tasdiqlash huquqiga ega boʻldi
Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.

Shavkat Mirziyoyev “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilarini qutladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Valday” xalqaro munozara klubining X Osiyo konferensiyasi ishtirokchilari, tashkilotchilari va mehmonlariga qutlovi

Markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechiladi
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.

1 yanvardan yagona bojxona toʻlovi joriy etiladi
2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi (7.11.2019 yildagi PQ-4508-son qaroriga qarang).

Xususiy tugʻruqxonalarga ruxsat etildi
“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

"Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida trening oʻz ishini boshladi
Toshkent shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) binosida "Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida trening boʻlib oʻtmoqda.

Oilaviy mehmon uylari: soliqqa tortish tartibi
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turar-joy binosiga ega boʻlgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan koʻrsatiladi.

Yuk avtotransportlarida xalqaro yuk tashish turini aniqlash mezonlari belgilandi
“Avtomobilda amalga oshirilayotgan xalqaro yuk tashish turini belgilash mezonlari va tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3194, 08.11.2019 y.).

Orif Boʻtayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi oʻrinbosari boʻldi
Markaziy bank raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan Orif Boʻtayev Sanoatqurilishbank raisining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Milliy huquqiy internet portali ishga tushirildi
Mazkur portal Adliya vazirligining 10 dan ortiq axborot tizimlarini, xususan, lex.uz, adliya organlari va muassasalarining rasmiy veb-saytlari, advice.uz, bolahuquqlari.uz portallarini birlashtiradi.

“Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi
Qonunda koʻp kvartirali uy, umumiy mol-mulk kabi tushunchalar ochib berildi.

Lombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qoʻyiladigan talablar soddalashtirildi
MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyxat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).

Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib oʻtish tartibi yanada takomillashadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 noyabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarni olib oʻtish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” PQ-4508 son qarori qabul qilindi.

Milliy UZ domenida roʻyxatdan oʻtgan domenlar soni 71 mingdan oshgan
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

«Iqtisodiy erkinlik indeksi»: Oʻzbekistonning pozitsiyasi
Oʻzbekiston 2019 yilning 9 oyi yakunlariga koʻra «Iqtisodiy erkinlik indeksi»da «Soliq yuki» indikatori boʻyicha 23-pozitsiyada, deb xabar beradi DSQ matbuot xizmati.

Banklar amalga oshiradigan operatsiyalar roʻyxati kengaydi
“Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri Prezident tomonidan imzolandi

Engil sanoat korxonalariga imtiyoz va preferensiyalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yengil sanoatni yanada rivojlantirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori asosida yengil sanoat korxonalariga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi.

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi
Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xiva tumani kompleks rivojlantiriladi
Hukumat qarori (901-son, 02.11.2019 y.) bilan 2019-2020 yillarda Xorazm viloyatining Xiva tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.
