| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 852 marta oʻqildi

"Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida trening oʻz ishini boshladi

Toshkent shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) binosida "Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida trening boʻlib oʻtmoqda.

"Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida trening oʻz ishini boshladi

Toshkent shahrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) binosida "Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida trening boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir BMT taraqqiyot dasturi (BMTTD) bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan tashkil etilgan.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU), Toshkent Davlat yuridik universiteti professor-oʻqituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Shuningdek, treningda turli ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda qonun hujjatlari ijodkorligi sifatini oshirish, tartibga solishda yangi usullarni joriy qilish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Hozirda ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihasining taʼsirini kompleks baholash va barvaqt prognoz qilishga toʻsqinlik qilayotgan bir qator salbiy omillar saqlanib qolmoqda.

Qonun hujjatlari ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, shuningdek, qonun hujjatlari ijodkorlikning samarali mexanizmlarini joriy etish, iqtisodiy samarasiz qarorlar tayyorlash va qabul qilishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ITIM "Qonun hujjatlari taʼsirini baholash uslubiyotini qoʻllash asoslari"mavzusida treningni tashkil etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi qonun hujjatlarining taʼsirini baholash metodologiyasini ochib berish, shuningdek, boshqa mamlakatlarda joriy etilgan oʻziga xos xususiyatlari va natijalarini muhokama qilishdan iborat.

Treningda ishtirok etishni istaganlar quyidagi telefonga qoʻngʻiroq qilishlari mumkin: (78) 150-02-02.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi

Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ