Davlat tomonidan tartibga solish
781 ta material

Qonun hujjatlari ijrosini monitoring qilish tizimi joriy qilindi
“Huquqiy monitoringning zamonaviy mexanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Elektrotexnika mahsulotlarining eksporti hajmi oshiriladi
Hukumat qarori bilan 2019 – 2022 yillarda elektrotexnika sanoatini jadal rivojlantirish dasturi tasdiqlandi, deb xabar bermoqda, Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

ShHT hukumat rahbarlari uchrashuvida yakuniy hujjatlar imzolandi
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi yakuniga koʻra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.

Bank kartasi yoʻqolsa tunu kun xabar yuborish imkoniyati taʼminlanadi
“Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkaziladi
“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yigʻilishida.

ShHT Hukumat rahbarlari kengashining Toshkent majlisi
Toshkent shahrida 2 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining oʻn sakkizinchi majlisi boʻlib oʻtdi.

2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasi eʼlon qilindi
Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini eʼlon qildi. Davlat daromadlari — 128,4 trln soʻm, xarajatlar — 131,1 trln soʻm.

2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi
Oʻzbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda aytilgan.

Istanbul-Buxoro yoʻnalishidagi ilk charter reys muvaffaqiyatli amalga oshirildi
Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirishga doir 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Uzbekistan Airports” AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalar bilan bir qator koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazildi
“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq-byudjet siyosati va 2020 yilga moʻljallangan parametrlar koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 oktyabr kuni makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, soliq-byudjet siyosati, davlat byudjetining joriy yilda kutilayotgan ijrosi va 2020 yilga moʻljallangan parametrlar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

Soliq xizmati organlarida yagona axborot platformasini joriy etish orqali soliq yigʻuvchanligi oshiriladi
Davlat soliq qoʻmitasida Xitoy Xalq Respublikasining soliq sohasiga ilgʻor dasturiy taʼminotlarni ishlab chiquvchi “Huawei” va “CEIEC” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari oʻzaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Avvalroq Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga joʻnab ketgani haqida xabar berilgandi.

Bosh vazir nomzodi qanday tasdiqlanadi?
2019 yilda Oʻzbekistonda muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis va xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) kengashlariga saylovlar boʻlib oʻtadi.

Istanbuldan Buxoro va Samarqand shaharlariga charter reyslar yoʻlga qoʻyiladi
Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisidagi 5781-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda «Uzbekistan Airports» AJ tomonidan xorijiy aviakompaniyalarni jalb qilishga doir faol ish olib borilmoqda.

Ommabop reytingning nozik jihatlari
Jahon banki va "Doing Business" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti har doim reytingda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning iqtisodiy sohasi va axborot makonida muhim voqealik hisoblanadi. Reytingga boʻlgan bunday eʼtibor mamlakatdagi biznes uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va dunyoning boshqa davlatlari bilan batafsil taqqoslashda hukumatlarning faoliyatini obektiv baholash imkonini beradi.

Onkologik bemorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha call-markazlar tashkil etiladi
“Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

«Oʻzbekkoʻmir» Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi
«Oʻzbekkoʻmir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Toshkent viloyatida tashkil etilgan xalqaro investitsion forumda qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi
Toshkent viloyatida 40 dan ortiq davlatdan 350 nafarga yaqin xorijlik biznes sohasi vakillari, investorlar ishtirok etayotgan “Invest in Tashkent Region” xalqaro investitsion forumining birinchi kunida qiymati 1 milliard dollardan ortiq boʻlgan kelishuvlarga erishildi.

Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday taʼsir koʻrsatadi?
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.

Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya Brexit boʻyicha kelishuvga erishdi
Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya ikki kunlik uzluksiz muzokaralardan soʻng «Shimoliy Irlandiya boʻyicha qoʻshimcha protokol va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqib ketish toʻgʻrisidagi kelishuvni toʻldiradigan siyosiy deklaratsiya toʻgʻrisida» kelishuvga erishdi. Bu haqda Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker Payshanba kuni oʻzining Twitter sahifasida yozdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq kreditlari joriy etilishini taklif etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida akademiya professor oʻqituvchilari, Davlat soliq qoʻmitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Davlat metsenatlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi
Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.

Surxondaryo viloyatining ikkita tumanida 200 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda
Surxondaryo viloyatining Qumqoʻrgʻon va Shoʻrchi tumanlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tegishli hukumat qarori qabul qilindi.

Prezident Surxondaryoga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy holat bilan bevosita tanishish, sanoat korxonalarini koʻzdan kechirish, yangi loyihalarni belgilab berish maqsadida 17 oktyabr kuni Surxondaryo viloyatiga joʻnab ketdi.
