| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 900 marta oʻqildi

ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkaziladi

“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yigʻilishi Hindistonda oʻtkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yigʻilishida.

Oʻzbekiston bosh vaziri hindistonlik hamkorlarni “bu masʼuliyatli missiya” bilan tabrikladi.

ShHT 2001 yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston kirgan. 2017 yilda ShHTga Hindiston va Pokiston aʼzo boʻldi.

Hozirgi vaqtda ShHTda kuzatuvchi davlatlar: Afgʻoniston, Belarus, Eron va Moʻgʻuliston, hamkor davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.

Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ