| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Madaniyat1 daqiqada oʻqiladi2 452 marta oʻqildi

Davlat metsenatlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.

Davlat metsenatlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlaydi

Oʻzbekiston Respublikasining “Metsenatlik toʻgʻrisida”gi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, metsenatlik madaniyat va sanʼat, ilm-fan, taʼlim, maʼrifat hamda ushbu sohalarni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyatidir.

Jismoniy va yuridik shaxslar metsenatlik faoliyatini ixtiyoriylik hamda bu faoliyatning maqsadlarini erkin tanlash asosida moneliksiz amalga oshirishga haqlidir.

Metsenatlik faoliyati metsenat va metsenatlik koʻmagini oluvchi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, Qonunga koʻra davlat metsenatlarga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hamda tariflar boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar berish kabilar orqali ushbu faoliyatni qoʻllab-quvvatlaydi.

Metsenatlik koʻmagi davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin emas.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ