Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining suratga olish ishlari boshlandi (+foto)
Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim gavdalantiradi. Shuningdek, bir qator oʻzbekistonlik aktyor va aktrisalar ham rol ijro etishadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga koʻra "Oʻzbekkino" milliy agentligi bilan hamkorlikda Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda "Oʻzbekkino" matbuot xizmati xabar qildi.
Turkiyaning "Boʻzdagʻ film" studiyasi tomonidan suratga olinayotgan koʻp qismli film rejissyori Mehmet Boʻzdagʻ, ssenariy muallifi Nazar Eshonqul.
Hozirda Turkiyaning Aksaray viloyati hududida suratga olinayotgan serial uchun maxsus tarixiy dekoratsiyadan iborat pavilon qurilgan.
Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etadi. Shuningdek, bir qator oʻzbekistonlik aktyor va aktrisalar Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxoʻja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Raʼno Shodiyeva, Feruza Normatova, Yulduz Rajabovalarning ham rol ijro etishi kutilmoqda.
Serialning ilk mavsumi 13-qismdan iborat.
Fotogalereya 3
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Aziz Abduhakimov Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi Turizm masalalari vazirlarining V yigʻilishida yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Samarqand va Buxoro malayziyalik turistlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish maskaniga aylanishi mumkin

YuNVTOning 66-mintaqaviy yigʻilishi Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilyapti




