| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Madaniyat1 daqiqada oʻqiladi

YuNVTOning 66-mintaqaviy yigʻilishi Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilyapti

Oʻzbekiston tashabbusi bilan oʻtkazilgan «Qayta tiklanish yoʻli» onlayn konferensiyasida YuNVTOning bosh kotibi 2021 yili tashkilotning navbatdagi 66-mintaqaviy komissiya yigʻilishi Samarqandda boʻlib oʻtishi mumkinligi haqida maʼlum qildi.

YuNVTOning 66-mintaqaviy yigʻilishi Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilyapti

1 iyun kuni Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT qoshidagi Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) shafeligida «Tiklanish yoʻli» nomidagi onlayn anjuman uyushtirildi. Bu haqda «Dunyo» AA xabar berdi.

Tadbirda ishtirok etgan YuNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili 2021 yilda tashkilotning navbatdagi 66-mintaqaviy komissiya yigʻilishi 2021 yili Samarqandda boʻlib oʻtishi mumkinligi haqida eʼlon qildi.

Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi Aziz Abduhakimov mamlakatda koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsiri oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan turizm sohasini «qayta jonlantirish» uchun bozorning barcha ishtirokchilariga juda koʻp imtiyozlar taqdim etilayotganini maʼlum qildi.

Zurab Pololikashvilining taʼkidlashicha, bugungi kunda YuNVTO pandemiyaga qarshi kurashdan kelajakka faol tayyorgarlik koʻrish jarayoniga oʻtmoqda. Shu maqsadda tashkilotga aʼzo davlatlar uchun bir nechta tamoyillar ishlab chiqilgan. Ularga davlatning moliyaviy yordamiga muhtoj boʻlgan turistik subʼyektlarga koʻmak berish, xavfsiz hududlarda sayohat sharoitlarini yengillashtirish, isteʼmolchilarni himoya qilish orqali ishonchni tiklash va xavfsiz turizmni taʼminlashga qaratilgan qoʻshma protokollardan foydalanish kiradi.

YuNVTO hisobotiga koʻra, 2020 yilda xalqaro turistlarning soni amaldagi cheklov choralarining davomiyligiga qarab 60−80 foizga qisqarishi mumkin. Bu xalqaro turizmdan keladigan daromadlarning 910 milliarddan 1,2 trln AQSh dollarigacha kamayishi va dunyo iqtisodiyotiga sezilarli darajada zarar yetkazishi mumkin. Ushbu vaziyat 100 milliondan 120 milliongacha toʻgʻridan-toʻgʻri ish oʻrinlariga salbiy taʼsir koʻrsatib, turizmning barcha qiymat zanjiriga, ayniqsa, kichik va oʻrta biznes sohasiga qattiq zarba yetkazishi mumkinligi prognoz qilingan.

«Xalqaro turizmning tiklanishi ish oʻrinlarini saqlab qolishiga yordam beradi, farovonlikni taʼminlaydi va sektorga barqaror rivojlanishda hal qiluvchi rolni olishga imkon beradi», — deyiladi Oʻzbekiston delegatsiyasining bayonotida.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ