Amersfort konslageridagi 101 nafar oʻzbekistonlik asir haqida hujjatli film ishlanmoqda
Samarqandda 1941 yilda Smolensk ostonasida asir tushgan va Niderlandiyaning Amersfort konslageriga joʻnatilgan 101 nafar oʻzbek oʻgʻloni taqdiri haqida hikoya qiladi.

Samarqandda Ikkinchi jahon urushi davrida yuz bergan tarixiy voqealar haqida hikoya qiluvchi hujjatli kinoasarni suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda "Oʻzbekkino" milliy agentligi matbuot xizmati xabar qildi.
Film jahon urushi vaqtida asr tushgan 101 nafar oʻzbeklar haqida
Mazkur film 1941 yilda Smolensk ostonasida asir tushgan va Niderlandiyaning Amersfort konslageriga joʻnatilgan 101 nafar oʻzbek oʻgʻloni haqida hikoya qiladi. Yigitlarni natsistlarning gʻoyaviy rahnamolaridan biri Gebbelsning shaxsiy topshirigʻiga binoan, nemis askarlari "yovvoyi xalqlar" bilan qanday kurashayotgani haqidagi targʻibot filmini suratga olish uchun tayyorlaydi. Gitlerning Sovet Ittifoqini yashin tezligida bosib olishga qaratilgan rejasi barbod boʻlgach, ushbu asar nemis askarlarining tushkun ruhini koʻtarishi, raqiblarning "qanchalik nochor va insoniylikdan yiroq" ekanini koʻrsatishi lozim edi.
"Buxanka" asrlarni bir-birini gʻajishi uchun tashlanadi
Ana shu maqsadda natsistlar 101 nafar oʻzbekistonlik asirni tanlab oladi va ularga maʼlum vaqt mobaynida ovqat bermaydi. Nemislarning suratga olish guruhi yetib kelganida ochlikdan sillasi qurigan oʻzbek asirlarining oldiga bitta "buxanka"ni otadi. Ularning nazarida asirlar bir burda non uchun bir-birini gʻajishga tayyor turishi kerak edi. Ammo hammasi boshqacha tus oldi. Oʻzbeklar nonni teng boʻlaklarga taqsimlab, bir-biriga uzatadi.
Natsistlar bundan gʻazabga minadi. Asirlarni rosa tepkilaydi, keyin esa otib tashlaydi. Shu tariqa Gebbelsning vahshiyona rejasi yoʻqqa chiqadi.
Loyihani Samarqand viloyati hokimligi moliyalashtiradi
Amersfort lagerida halok boʻlgan 101 yigit frontga Samarqand viloyatidan borgani taxmin qilinadi. Shu bois, "Oʻzbekkino" Milliy agentligi tomonidan niderlandiyalik kinematograflar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha Samarqand viloyati hokimligi tomonidan moliyalashtirilmoqda.
Niderlandiyalik jurnalist bu voqeani 20 yildan beri tadqiq qiladi
Bu tarixiy voqeani niderlandiyalik jurnalist Remko Reyding 20 yildan beri tadqiq qilib keladi. U ayni paytda Oʻzbekistonga kelib, insonparvarlik va qahramonlikni tasvirlovchi ushbu kinoasarni suratga olish jarayonida ishtirok etmoqda.
Mazkur hujjatli film Razika Mergenbayeva ssenariysi asosida rejissyor Shuhrat Mahmudov tomonidan suratga olinmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

Turkiyada "Jaloliddin Manguberdi" serialining suratga olish ishlari boshlandi (+foto)

Aziz Abduhakimov Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi Turizm masalalari vazirlarining V yigʻilishida yangi tashabbuslarni ilgari surdi

Samarqand va Buxoro malayziyalik turistlar uchun Umra ziyoratini amalga oshirish maskaniga aylanishi mumkin

