Ommabop reytingning nozik jihatlari
Jahon banki va "Doing Business" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti har doim reytingda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning iqtisodiy sohasi va axborot makonida muhim voqealik hisoblanadi. Reytingga boʻlgan bunday eʼtibor mamlakatdagi biznes uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va dunyoning boshqa davlatlari bilan batafsil taqqoslashda hukumatlarning faoliyatini obektiv baholash imkonini beradi.

Jahon banki va "Doing Business" xalqaro moliya korporatsiyasining yillik hisoboti har doim reytingda ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarning iqtisodiy sohasi va axborot makonida muhim voqealik hisoblanadi. Reytingga boʻlgan bunday eʼtibor mamlakatdagi biznes uchun shart-sharoitlarni yaxshilash va dunyoning boshqa davlatlari bilan batafsil taqqoslashda hukumatlarning faoliyatini obektiv baholash imkonini beradi.
Reyting natijalariga OAV alohida eʼtibor qaratayotgani va joriy yil 24 oktyabr kuni eʼlon qilingan reytingda Oʻzbekiston 69-oʻrinni egallab, ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda yuqori natijalarni koʻrsatgan top-20 talikka kirgan mamlakatlar qatoridan joy olgani bejiz emas. Bundan tashqari 2022 yilga borib Oʻzbekistonni reytingning yuqori 20 talikka kiritish rejalashtirilmoqda. Shu nuqtai nazardan, ushbu reyting alohida qiziqish uygʻotadi.
"Doing Business" maʼruzasi turli mamlakatlarda joriy etiladigan, oʻn yoʻnalishda biznes faoliyatiga daxldor normativ – huquqiy oʻzgarishlarni qayd etadi va ularni biznes faoliyati shart-sharoitlarini yaxshilash yoki yomonlashtirish yuzasidan baholaydi. Tegishli tahlil dunyoning 190 mamlakatiga nisbatan qoʻllaniladi.
Reyting mamlakatlar pozitsiyalarini biznes yuritishning 10 indikatori boʻyicha baholaydi:
korxonalarni roʻyxatdan oʻtkazish;
qurilishga ruxsatnomalar olish;
elektr taʼminoti tarmogʻiga ulanish;
mulkni roʻyxatga olish;
kreditlar olish;
minoritar investorlarni himoya qilish;
soliq solish;
xalqaro savdo;
kontraktlar ijrosini taʼminlash;
toʻlov qobiliyatsizligini hal qilish.
Bu yilgi reytingga ilgari kiritilmagan yana bir indikator "xodimlarni yollash" indikatori boʻyicha ham baholandi.
Reytingda ijobiy dinamikaning omillari haqida gapirar ekan, jahon banki tahlilchilarining taʼkidlashicha, qashshoqlikning pastligi biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga yordam beradi va tartibga solish samaradorligini oshirish tadbirkorlik, startaplar, innovatsiyalarni rivojlantirishga, kreditlar va investitsiyalarning qulayligini taʼminlashga ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Ayniqsa, reytingda yuqori pogʻanani band etganlar biznesni roʻyxatga olish va mulkni topshirish uchun onlayn tartib-qoidalarga, shuningdek, soliq deklaratsiyasini topshirish uchun elektron platformalarga ega boʻlishga moyil.
Xulosa qilib aytganda, biznesni yuritishda birinchi hisobot 2003 yilda chop etilgan va "Doing Business 2020" joriy hisoboti reytingning 17-sonli nashri hisoblanadi. Joriy yilning 24 oktyabrida chiqarilgan indeks oʻtgan yilning mayidan shu yilning may oyigacha boʻlgan oʻzgarishlarni hisobga oladi. Hisobotda keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, 115 mamlakat 294 islohotni amalga oshirdi, natijada Jahon banki ekspertlarining fikriga koʻra, ushbu mamlakatlarda biznes yuritish shartlari yaxshilandi. 2003 yilda 190 mamlakatdan 186 ta mamlakatda jahon banki guruhi tomonidan "Doing Business"ni tayyorlash boʻyicha monitoring olib borilgan hisobotning birinchi chiqarilishidan boshlab tadbirkorlik faoliyati sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan 3500 dan ortiq islohotlar amalga oshirilgan.
ITIM axborot-resurs markazi
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

