2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasi eʼlon qilindi
Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini eʼlon qildi. Davlat daromadlari — 128,4 trln soʻm, xarajatlar — 131,1 trln soʻm.

Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini eʼlon qildi. Davlat daromadlari — 128,4 trln soʻm, xarajatlar — 131,1 trln soʻm.
Oʻzbekiston Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» davlat byudjeti loyihasini eʼlon qildi (PDF). Nashrda Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalarining 2020 yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlarini, shuningdek, 2021−2022 yillar uchun byudjet moʻljallari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim qilinadi.
Nashrning asosiy qismi — 2020 yil uchun Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlariga bagʻishlangan. Daromadlar soliq turlari koʻrinishida taqdim etiladi. Shu bilan birga ushbu qismda byudjet mablagʻlari qaysi sohalarga yoʻnaltirilishini bilib olish mumkin. Xarajatlar yoʻnalishlar boʻyicha (taʼlim, sogʻliqni saqlash va boshqalar) shuningdek, moddalar (ish haqi, oziq-ovqat, kommunal xarajatlar va boshqalar) va maʼmuriy birliklar (vazirliklar va idoralar) boʻyicha taqdim qilinadi.

Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining asosiy koʻrsatkichi Yalpi ichki mahsulot (YaIM) hisoblanadi. 2020−2022 yillarda sof YaIMning oʻsish surʼatlari 5,5−6,2 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.

2020 yil va keyingi ikki yilda inflyasiya darajasi 2019 yildagi 15,5 foizdan 2022 yilda 9,5 foizga tushishi kutilmoqda.
Tashqi savdo aylanmasi hajmi 2020 yilda 46,9 mlrd. AQSh dollari miqdorida 5,8 mlrd AQSh dollari salbiy saldo bilan prognoz qilinmoqda. Tashqi savdo aylanmasi taqchilligi oʻsishining asosiy omili texnologik uskuna va texnika importining oshishi.
Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash uchun kapital qoʻyilmalar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oshirish zarur. 2020 yilda 4 mlrd AQSh dollari miqdoridagi sanoat, qishloq xoʻjaligi va infratuzilmani rivojlantirish sohalaridagi yirik loyihalarga yoʻnaltiriladigan toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi kutilmoqda.
Daromadlar
2020 yil uchun Davlat byudjeti daromadlari 128,460 trln. soʻm (yoki YaIMning 20 foizi) miqdorida rejalashtirilgan, bu esa 2019 yil yakuni boʻyicha daromadlarning kutilayotgan ijrosidan 15,817 trln. soʻmga koʻproqdir.

2020 yil uchun Davlat byudjetining kutilayotgan tushumlarini baholashda iqtisodiyotning real oʻsishi, soliqlar maʼmurchiligini takomillashtirish, alohida soliq va bojxona imtiyozlarining bekor qilinishi, shuningdek narx va valyuta kursining kutilayotgan oshishi kabi omillar hisobga olingan.

2020 yilgi bevosita soliqlardan tushumlarning oʻsishi shuningdek, stavkalar oʻzgarishi va boshqa soliq elementlari bilan bogʻliq. Bunda:
Foyda soligʻi bazaviy stavkasini 15 foizgacha oshirilishi;
Jismoniy shaxslar daromad soligʻi stavkasini 12 foiz miqdorida saqlab qolish va yagona ijtimoiy toʻlov stavkasini barcha tadbirkorlik subʼyektlari uchun tenglashtirish (12 foiz) hisobiga xodimlar sonini legallashtirish;
Yakka tartibdagi tadbirkorlarni qatʼiy belgilangan soliq oʻrniga jismoniy shaxslarning daromad soligʻi toʻlashga oʻtkazish;
Yagona soliq toʻlovidan tushumlarni toʻliq mahalliy byudjetlarga oʻtkazish (2019 yilda Kasaba uyushmasi federatsiyasi va Davlat maqsadli jamgʻarmalari oʻrtasida taqsimlanadi) belgilanmoqda.
Xarajatlar
2020 yilda Davlat byudjeti xarajatlari 131,104 trln. soʻm miqdorida boʻlishi prognoz qilinmoqda, bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga koʻpdir.

Davlat byudjeti xarajatlarning qariyb yarmi ijtimoiy sohaga yoki umumiy xarajatlarning 22,9 foizi taʼlim sohasiga yoʻnaltirilishi kutilmoqda.
2020 yilda umumtaʼlim va maktabdan tashqari muassasalarini moliyalashtirish uchun 20,885 trln. soʻm yoki umumiy taʼlim xarajatlaridan 70 foizini yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.

2020 yilda Davlat byudjeti hisobidan sogʻliqni saqlash sohasiga 14,842 trln. soʻm koʻzda tutilgan. Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan roʻyxatga tibbiy xizmatlarning aniq turlari, shu jumladan dori-darmonlar, sarflash materiallari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash kiritiladi.
Oʻzbekiston fuqarolari, Oʻzbekiston hududida muqim yashaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el fuqarolari tibbiy koʻrsatmalar boʻlganda asoslantirilgan murojaatlar bilan roʻyxatga kiritilgan tibbiy yordamni olish huquqiga ega.

Shuningdek, 2020 yilda Davlat byudjeti hisobidan aholiga nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya toʻlovlariga 6,573 trln. soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi bu esa 2019 yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga koʻpdir.
2020 yilda Davlat byudjetining 10 foizi iqtisodiyot va markazlashgan investitsiyalarga yoʻnaltirish rejalashtirilgan. Iqtisodiyot xarajatlariga 14,132 trln soʻm yoʻnaltiriladi.
Kelgusi yilda arzon uy-joylar qurish ishlari davom ettiriladi. Davlat byudjetidan 1,905 trln. soʻm yoʻnaltirish rejalashtirilgan.
Davlat qarzi
2020 yil boshiga Davlat qarzi 21,3 mlrd. AQSh dollari (YaIMga nisbatan 36,0 foiz) miqdorida boʻlishi kutilmoqda.

Shundan tashqi qarzi 15,3 mlrd. AQSh dollari (YaIMga nisbatan 25,4 foiz)ni tashkil etadi. Davlat tashqi qarzi kreditorlar kesimida xorijiy davlatlardan olingan qarzlar 6,7 mlrd. AQSh dollarni, xalqaro moliya institutlaridan 7,7 mlrd. AQSh dollarini va investorlar hisobiga 1,0 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

