| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 888 marta oʻqildi

Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazildi

“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazildi

“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ-4503-son, 31.10.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Bank-moliya akademiyasi Oʻzmilliybank tasarrufiga oʻtkazilib, u Akademiyaning taʼsischisi etib belgilandi.

2018 va 2019 yillarda Akademiya magistraturasiga qabul qilingan shaxslar uchun magistratura mutaxassisliklari boʻyicha amaldagi taʼlim dasturlarini, shuningdek, Akademiyaning sarf-xarajatlarini magistraturada davlat granti asosida taʼlim olayotgan shaxslarning oʻqishi tugagunga qadar Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish tartibi saqlab qolinadi.

Shuningdek, qarorga koʻra 2020 yilning 1 fevraliga qadar 2020-2025 yillarda Akademiyani rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.

Maʼlumot uchun, Bank-moliya akademiyasi Prezidentning 1996 yil 2 maydagi PF-1460-son Farmoniga asosan tashkil etilgan boʻlib, bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ