| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi3 087 marta oʻqildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq kreditlari joriy etilishini taklif etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida akademiya professor oʻqituvchilari, Davlat soliq qoʻmitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq kreditlari joriy etilishini taklif etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida akademiya professor oʻqituvchilari, Davlat soliq qoʻmitasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlari ishtirokida yangi tahrirdagi soliq kodeksi muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Tadbir avvalida Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari M.Mirzayev va qoʻmita mutaxassislari tadbir ishtirokchilariga yangi tahrirdagi soliq kodeksiga kiritilayotgan oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Bank moliya akademiyasi professor-oʻqituvchilari Yangi tahrirdagi soliq kodeksi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va kodeksga kiritilishi lozim boʻlgan dolzarb masalalar xususida fikr almashadilar. Jumladan, mamlakatda soliq qonunchiligi barqarorligini taʼminlashning dolzarbligi, soliq tizimidagi oʻzgarishlar tadbirkorlik subʼyektlarining uzoq muddatli biznes rejalarini tuzishda qiyinchiliklarga duch kelishiga sabab boʻlayotgani, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish mexanizmini kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimi Rustam Ergashev vazirlik tomonidan soliq qonunchiligiga soliq krediti amaliyotini joriy etish boʻyicha bir nechta takliflar chiqarilganini aytib, mazkur takliflar soliq islohotlari sharoitida ishbilarmonlik va tadbirkorlikni rivojlanishiga xizmat qilishini tahliliy maʼlumotlar bilan asoslab berdi. Shu munosabat bilan mazkur takliflar Soliq kodeksining yangi tahririga kiritilishi zarurligi taʼkidlandi. Soliqlar boʻyicha toʻlovlarni keyinchalik boʻlib-boʻlib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi “investitsiyaviy soliq kreditlari” institutining joriy etilishi tadbirkorlik subʼyektlarining ixtiyorida boʻsh pul mablagʻlarining qolishiga va bu mablagʻlarning investitsion va innovatsion faoliyatga yoʻnaltirilishiga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, tadbir jarayonida Yangi tahrirdagi soliq kodeksini ishlab chiqish komissiyasi tarkibiga mahalliy olim va professorlarni ham jalb etish toʻgʻrisida takliflar berildi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ