| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Siyosat1 daqiqada oʻqiladi1 993 marta oʻqildi

Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari oʻzaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

Avvalroq Oʻzbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga joʻnab ketgani haqida xabar berilgandi.

Bugun, 29 oktyabr kuni general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga moʻljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari oʻrtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

30 oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ