2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi
Oʻzbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda aytilgan.

Oʻzbekistonda 2020 yil 1 yanvardan boshlab elektron mehnat daftari joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorda aytilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2020 yil 1 yanvardan quyidagilarni taʼminlovchi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini (“YaMMT” IDAK) joriy qilish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi:
ish beruvchilar va xodimlar oʻrtasidagi mehnat munosabatlarini, shu jumladan, mehnat shartnomalarini tuzish, mehnat shartnomalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ularni tugatish tartib-taomillarini elektron roʻyxatdan oʻtkazishni amalga oshirish;
ish beruvchilarning tuzilmasi (shtatlar jadvali), shu jumladan, mavjud va yaratiladigan ish oʻrinlari, mehnat sharoitlari, mehnatga haq toʻlash shartlari toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
xodimning mehnat stajini hisoblash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, hisoblangan ish haqi va jismoniy shaxslarning mehnatga haq toʻlash koʻrinishidagi daromadlariga hisoblangan soliqlar, fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya jamgʻarmasi hisobiga toʻlovlar haqidagi axborotga asoslangan elektron mehnat daftarchasida jismoniy shaxslarning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va yuritish;
aholi bandligini taʼminlash sohasida davlat siyosatini amalga oshirishni muvofiqlashtirish darajasini va uning samaradorligini oshirish uchun mehnat bozori koʻrsatkichlari holati va dinamikasi toʻgʻrisidagi axborotlardan iborat maʼlumotlarni idoralararo tizimlashtirilgan tarzda va muntazam ravishda elektron almashishni joriy etish;
xodimlar hamda ishchilarning son va sifat tarkibi, vakansiyalar, shuningdek, ishga joylashish uchun nomzodlarga ish beruvchilar tomonidan qoʻyiladigan malakaviy va boshqa talablar toʻgʻrisida avtomatik tarzda toʻplanadigan xolis, shaffof va dolzarb maʼlumotlarni shakllantirish;
manfaatdor tashkilotlarga ular oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishi uchun “YaMMT” IDAKdan zaruriy maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim etish;
mehnat resurslarining, xususan, mehnat resurslari toifalari, ishga layoqatli, iqtisodiy faol va nofaol aholi qatlamlari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi va Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlari asosida pensiya yoshidagi ishlayotgan shaxslar va nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida har kuni yangilanadigan balansini shakllantirish;
mehnat munosabatlari va mehnat muhofazasi, ishga joylashtirish dasturlari boʻyicha oʻtkaziladigan tekshiruvlar, shuningdek, ish oʻrinlarining attestatsiyasi, Mehnat muhofazasi sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga tegishli maʼlumotlarning (axborotlarning) toʻliq kiritilishiniekspertizadan oʻtkazish natijalarini monitoring qilish;
xorijga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketadigan fuqarolarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish, tashkiliy tartibdagi mehnat migratsiyasi toʻgʻrisidagi kelishuvga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakolatxonalari hamda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarida mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe tomonidan xorijda ishga joylashtirilgan fuqarolar haqida maʼlumotlar bazasini yaratish, shuningdek, ishga joylashtirilayotgan mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat sharoitlari, ijtimoiy va yashash-turmush taʼminoti, chet ellik ish beruvchilar bilan tuziladigan mehnat shartnomalarining huquqiy jihatlari, qonunchilikda nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari toʻgʻrisida onlayn tartibda maʼlumotlar taqdim etish imkoniyati;
mehnat bozorining, hududlar, jins va yosh omillari, sohalar va mutaxassisliklar kesimida ishchi kuchiga boʻlgan talab va taklifning rivojlanish tendensiyalari prognozini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining amalga oshirilgan va amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan axborot resurslari bilan integratsiyalash;
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga mehnat va aholi bandligi sohalarida davlat boshqaruvi boʻyicha yuklatilgan funksiyalarni toʻla hajmda va tezkorlik bilan amalga oshirish.
Belgilab qoʻyilishicha:
a) 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga oʻzgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini “YaMMT” IDAKda majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi joriy etiladi. Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020 yil 1 sentyabrdan kechiktirmasdan “YaMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini “YaMMT” IDAKda roʻyxatdan oʻtkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi;
b) 2020 yil 1 yanvardan boshlab, roʻyxatdan oʻtkaziladigan mehnat shartnomalaridagi maʼlumotlar asosida “YaMMT” IDAKda avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi;
v) Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “YaMMT” IDAKning balansda saqlovchisi hisoblanadi;
g) “YaMMT” IDAKdan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepul hisoblanadi. “YaMMT” IDAKni ishlab chiqish, kuzatib borish, taʼminlash va takomillashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.
Xodimning mehnat staji, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq pensiya tayinlashda xodim tomonidan amalga oshiriladigan mehnat faoliyati davriga asosan:
2020 yil 1 yanvardan soʻng – “YaMMT” IDAKda mavjud maʼlumotlar asosida (qonun hujjatlarida belgilangan alohida hollardan tashqari);
2020 yil 1 yanvarga qadar – “YaMMT” IDAK joriy qilingungacha oʻrnatilgan tartibda belgilanadi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

