Onkologik bemorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha call-markazlar tashkil etiladi
“Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

“Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi (892-son, 24.10.2019 y.).
Qarorga muvofiq, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hududiy filiallarining mavjud quvvatlari doirasida palliativ tibbiy yordam koʻrsatish boʻlimlari tashkil etiladi.
Shuningdek, Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida 4 ta hududlararo xospis tashkil etiladi.
Qarorga koʻra, onkologik bemorlarga yordam koʻrsatish boʻyicha call-markazlar va ular bilan doimiy aloqani taʼminlash uchun veb-saytlar tashkil etiladi.
Sayyohlik tashkilotlari va reklama agentliklari internet-resurslarida axborot joylashtirgan holda, aholini call-markazlar tomonidan mamlakatda va xorijda koʻrsatiladigan xizmatlardan xabardor qilib boriladi.
Shuningdek, xayriya mablagʻlarini, jumladan, zamonaviy elektron toʻlov tizimlari yordamida qabul qilish uchun maxsus hisobraqam ochgan holda, saratonga qarshi ijtimoiy harakat tashkil etiladi.
Qaror bilan Oʻzbekistonda nuklear tibbiyotni rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiyaning vazifalaridan biri onkologik bemorlarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va holatini nazorat qilishning yuqori texnologik ilgʻor usullarini amaliyotga joriy qilishdan iborat.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

