«Oʻzbekkoʻmir» Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi
«Oʻzbekkoʻmir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

«Oʻzbekkoʻmir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.
Qayd etilishicha, hujjat «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, koʻmir qazib olishni yanada koʻpaytirish maqsadida qabul qilingan.
Qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4234-son qarorida 1-5-bandlar hamda 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi. 6-banddagi «ProgressGorTex» MChJ (Rossiya Federatsiyasi)» soʻzlari «ishonchli boshqaruvchi» soʻzlari bilan almashtiriladi. 10-bandning «v» kichik bandi ikkinchi xatboshisi «bojxona rasmiylashtiruvi» soʻzlaridan oldin «qoʻshilgan qiymat soligʻi va» soʻzlari bilan toʻldiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 2019 yil 7 martdagi «Oʻzbekkoʻmir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida «ProgressGorTex» MChJ (Rossiya Federatsiyasi) shoʻʼba xoʻjalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi «Oʻzbekiston temir yoʻllari»AJning «Oʻzbekkoʻmir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etilishi belgilangandi.
Shuningdek qaror bilan, «Oʻzbekkoʻmir» AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, «ProgressGorTex» MChJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan oʻtkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat berilgandi.
Maʼlumotlarga koʻra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadevich Yemelyanov tomonidan tashkil etilgan.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

