Soliq xizmati organlarida yagona axborot platformasini joriy etish orqali soliq yigʻuvchanligi oshiriladi
Davlat soliq qoʻmitasida Xitoy Xalq Respublikasining soliq sohasiga ilgʻor dasturiy taʼminotlarni ishlab chiquvchi “Huawei” va “CEIEC” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Davlat soliq qoʻmitasida Xitoy Xalq Respublikasining soliq sohasiga ilgʻor dasturiy taʼminotlarni ishlab chiquvchi “Huawei” va “CEIEC” kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuvda Oʻzbekiston soliq tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish va davlat soliq xizmati organlari uchun yagona axborot platformasini ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, soliq sohasida avtomatlashtirilgan xizmatlarning joriy etilishi soliq toʻlovchilar uchun qulayliklar yaratib, soliq hisobotlarini toʻgʻri toʻldirish, soliq toʻlovlarini oʻz muddatidan kechikmay amalga oshirish va shaffof soliqqa tortish tizimidan foydalanish imkonini beradi.
Shu bilan birga, soliq toʻlovchilarning soliq toʻlashdan boʻyin tovlash, daromadlarni yashirish va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Mehmonlar XXR soliq tizimi uchun “Huawei” va “CEIEC” kompaniyalari hamkorligida amaliyotga joriy qilingan “Golden tax” yagona axborot platformasining afzalliklari bilan birgalikda, oʻtgan yillar davomida duch kelingan kamchiliklar va Xitoy tajribasi asosida ularni bartaraf etish yoʻllari xususida maʼlumot berishdi.
Uchrashuv davomida “Golden tax” tizimining ishlash mexanizmiga doir taqdimot namoyish etildi. Maʼlum boʻlishicha, 35 mln. yuridik shaxs va 500 mln. jismoniy shaxslarni oʻz ichiga olgan ulkan Xitoy soliq tizimi uchun 2 ta yirik va 36 ta hududiy maʼlumotlar markazi tomonidan avtomatlashtirilgan turli elektron xizmatlar koʻrsatiladi.
Soliq toʻlovchilar uchun soliq organlariga bormagan holda, oʻzlariga qulay boʻlgan vaqtda, onlayn usulda maxsus qurilmalar va mobil ilovalar yordamida soliqlarni toʻlash imkoniyati yaratilgan.
Uchrashuv yakunlariga koʻra, davlat soliq xizmati organlarida mavjud dasturiy taʼminotni tahlil qilib, zamonaviy talablarga javob bera oladigan yagona axborot platformasini joriy etish boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

