Yangi qonun moliyaviy sektor rivojiga qanday taʼsir koʻrsatadi?
MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.

MB yaqinda qabul qilingan kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qonunni sharhladi.
22 oktyabrdagi Qonun investitsiya muhitini yanada yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va yuritishdagi ishonchini mustahkamlash, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishni ragʻbatlantirishda muhim ahamiyatga ega. Garov bozorining shaffofligiga ijobiy taʼsir koʻrsatib, uning rivojlanishiga xizmat qiladi, deyiladi xabarda. Sharhimizda qonunning mazmuni bilan batafsil tanishish mumkin.
Yangi hujjat olib boradigan asosiy ijobiy oʻzgarishlar:
u koʻchar mulklarning taʼminot bozoriga jadal kirib borishi hisobiga tadbirkorlik subʼyektlarining moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash uchun sharoit yaratadi;
garov reyestri orqali taʼminotlar bozorining shaffofligiga olib keladi va barcha bozor ishtirokchilari oʻz xavf-xatarlarini tugʻri va oqilona baholashiga yoʻl ochib beradi;
koʻchar mulklar ishtirokida moliyaviy bozor yanada rivojlanib, unda faqatgina banklar asosiy ishtirokchi sifatida emas, balki boshqa professional ishtirokchilarning paydo boʻlishiga yordam beradi;
chet-el investorlarining mazkur yaratilayotgan tizim orqali milliy iqtisodiyotimizga boʻlgan ishonchi ortib boradi va oʻz biznesini va mahalliy hamkorlar bilan boʻladigan munosabatlarda oʻz xatarlarini boshqarish instrumentlari yaratiladi hamda ular investitsiya kiritish boʻyicha qabul qiladigan qarorlarining muddatlari sezilarli darajada qisqartirilishiga xizmat kiladi;
ajratiladigan kreditlar, mikrokreditlar va boshqa qarz majburiyatlarining operatsion xarajatlari keskin kamaygan holda kreditlar boʻyicha xatar foizlarining pasayishiga olib keladi.
Shu bilan birga, bu Oʻzbekistonning kredit olish indeksi, mamlakatda ishbilarmonlik va investitsiya muhiti darajasi boʻyicha xalqaro reytinglari, shu jumladan «Doing Business» reytingini oshirish imkonini beradi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

