| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi1 623 marta oʻqildi

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi

Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

InnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi

Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Xalqaro innovatsion-investitsion forumda 35 dan ortiq xorijiy va 20 nafardan ortiq mahalliy spikerlar qatnashdi. Xususan, BMT Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasining (ESKATO) Osiyo-Tinch okeani texnologiyalar transferi markazi rahbari (OTTTM) Michiko Enomoto, Armaniston Respublikasi Yuqori texnologiyalar vaziri oʻrinbosari Gegam Vardanyan forum spikerlari sifatida soʻzga chiqdi.

Haftalikning birinchi kunida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan Xitoy, Turkiya, Isroil, Polsha va Hindistondan tashrif buyurgan investorlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 96,5 mln.dollarga teng boʻlgan anglashuv memorandumlari imzolandi. Haftalikning ikkinchi kunida Innovatsion rivojlanish vazirligi va Janubiy Koreya investorlari orasida ikki tomonlama hamkorlikni nazarda tutuvchi umumiy qiymati 6,3 mln.dollar, uchinchi kunida investor va tashabbuskorlar ishtirokida umumiy qiymati 5,9 mln.dollarni tashkil etgan investitsiya shartnomalari imzolandi. Haftalik davomida jami umumiy qiymati 108,7 mln.dollarga teng boʻlgan anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi.

Xalqaro innovatsion-investitsion forum doirasidagi 3 ta seksiyalarda muhokamalar tashkil etildi.

Global innovatsiyalar indeksida Oʻzbekiston Respublikasi koʻrsatkichlarini yaxshilashga doir takliflarni ishlab chiqish boʻyicha davra suhbatida mamlakatimizni 2030 yilga kelib Global innovatsiyalar indeksida kuchli 50 ta davlat qatoriga qoʻshish kabi ulkan maqsad haqida soʻz ketdi. Mazkur mavzu vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan barcha yoʻnalishdagi ishlarning asosi boʻlib hisoblanishi seminar davomida alohida taʼkidlandi. Shuningdek, seminarda birinchi marotaba Global innovatsion indeks (GII) asoschisi Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekistonni GII kirishidagi asosiy omillar borasida onlayn muloqoti amalga oshirildi. Tadbirda Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari A.Nazarov, moliya vaziri oʻrinbosari O.Isakov, Elsevier Netherlands GII kompaniyasi hududiy direktori A.Ospanova va boshqa xorijiy va mahalliy ekspertlar qatnashdilar.

Qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan innovatsion yechimlar mavzusidagi seminarda Rossiya, Polsha, Isroil, Oʻzbekiston va boshqa xorijiy davlatlar vakillari oʻzlarining taqdimotlari bilan chiqishdi. Tadbirda vazirliklar, idoralar, oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot institutlari hamda issiqxona, baliqchilik, oʻsimliklar yetishtirish sohalari vakillari bevosita ishtirok etdilar. Seminar davomida muhokamalar asosida ishtirokchilar aniq takliflar ishlab chiqish boʻyicha oʻzaro kelishib oldilar.

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida sunʼiy intellektdan foydalanish va bu sohaning rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan seminarda qizgʻin muzokaralar boʻlib oʻtdi. Startaplar va innovatsion yechimlarning qoʻllanilishida sunʼiy intellektga asoslangan loyihalarni joriy etish yuzasidan ishtirokchilar oʻz chiqishlarini namoyish etdilar. Mazkur tadbirda 18 ta xorijiy davlatlaridan sohaning yetakchi kompaniya vakillari oʻz taqdimotlari bilan qatnashdilar.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ