Markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechiladi
Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «2020 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida»gi qonun loyihasi qizgʻin muhokama qilinmoqda. Unda belgilangan har bir norma atroflicha muhokama etilib, tegishli taklif va tavsiyalar bildirmoqda.
Mazkur qonun loyihasi bilan respublika byudjeti Oliy Majlis tomonidan, mahalliy byudjetlar esa, joylardagi mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilinadi. Qolaversa, xarajatlar sohalar boʻyicha emas, vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlanadi.
Deputatlar taʼkidlaganidek, hayotga joriy etilayotgan yangi amaliyotning yana bir oʻziga xos jihati – markazlashgan byudjet siyosatidan bosqichma-bosqich voz kechishdir. Masalan, mahalliy byudjetlar daromadini mustahkamlash maqsadida avtomototransport vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimlari mahalliy byudjetga oʻtkazilmoqda. Alkogol mahsulotlari va mobil aloqa xizmatini koʻrsatish uchun aksiz soligʻi tushumlari aholi sonidan kelib chiqib, hududlar oʻrtasida qayta taqsimlanadi. Qoʻshimcha qiymat soligʻi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi boʻyicha prognozdan orttirib bajarilgan qismi toʻliq hududlarda qoldiriladi.
Taʼkidlash joiz, bugungi kunga qadar mahalliy hokimliklar oʻz byudjetini qabul qilishda xech qanday vakolatga ega emas edi. Qaysi bir tashkilotga ajratilayotgan mablagʻlar yetishmasligini yoki ortiqcha ekanligini bilsa ham uni oʻzgartish imkoni yoʻq edi.
Taklif etilayotgan qonun loyihasida mahalliy byudjetlarning daromadlarini soliq turlari boʻyicha hamda xarajatlarini byudjet tashkilotlari kesimida oʻzlari belgilashi oʻz aksini topgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oʻzlariga tegishli boʻlgan byudjetni qabul qilishdagi haqiqiy mustaqilligi taʼminlanadi. Bu, albatta, har bir davlat organining vakolatini kengaytirish bilan birga, masʼuliyatini ham oshiradi.
Parlament quyi palatasida qonun loyihasi takomillashtirilmoqda.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

