| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 11 990,54 −12,39 ↓EUR/UZS 13 136,84 −19,57 ↓RUB/UZS 146,24 −0,50 ↓
Iqtisodiyot va biznes2 daqiqada oʻqiladi544 marta oʻqildi

1 yanvardan yagona bojxona toʻlovi joriy etiladi

2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi (7.11.2019 yildagi PQ-4508-son qaroriga qarang).

1 yanvardan yagona bojxona toʻlovi joriy etiladi

2020 yilda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlarni olib kirish tartibi oʻzgaradi (7.11.2019 yildagi PQ-4508-son qaroriga qarang).

2020 yil 1 yanvardan boshlab bojxona toʻlovlarini undirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi. Bu shaxsiy ehtiyojlari uchun Davlat chegarasidan oʻtish punktlari orqali qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida tovarlar olib kiradigan jismoniy shaxslar, shuningdek, jismoniy shaxslarning nomiga xalqaro pochta va kurerlik joʻnatmalari orqali keladigan tovarlarga taalluqli.

Yangilikning mohiyati quyidagicha. Olib kirish bojsiz olib kirishning cheklangan normalaridan oshgan taqdirda (bu yerga va bu yerga qarang), ortiq qismiga nisbatan belgilangan bojxona boji, QQS (15%) va aksiz soligʻi oʻrniga tovarning bojxona qiymatidan 30%, lekin kamida $3/kg miqdorda yagona bojxona toʻlovi undiriladi. Stavka TIF TN kodidan va kelib chiqish mamlakatidan qatʼi nazar tovarlarning barcha toifalari uchun yagona (loyihada oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari uchun - tabaqalashtirilgan stavka taklif qilingan edi, tahr.).

DBQ oʻzgartirishlar shaxsiy ehtiyojlari uchun tovarlar olib kiradigan fuqarolarning xarajatlarini pasaytirish va hisob-kitobni soddalashtirish, binobarin, bojxona rasmiylashtiruvi tartib-taomillarini tezlashtirish va chegara nazorat punktlarida tirbandlik hosil boʻlishini istisno qilish imkonini berishidan kelib chiqadi. Birinchi tezisning tasdigʻi sifatida quyidagi raqamlar keltiriladi: pishloq uchun bojxona toʻlovlarining umumiy miqdori 44%ni, shokolad uchun – 61%ni, TIF TN 6105 kodi boʻyicha kiyim-kechak tovarlari uchun – 38%ni, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda esa – tegishincha 51%, 95% va 61%ni tashkil qiladi.

Yangi tartib faqat notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan tovarlarga taalluqli. Tovarlarning qanday maqsadlarga moʻljallanganligini aniqlash tartibi alohida hujjatda bayon etiladi, biroq yangi qoidalar jami 14 ta tovar pozitsiyasiga tatbiq etilmasligi hozirdan maʼlum:

  • Prezidentning 2018 yil 6 fevraldagi PQ-3512-son qaroriga 1-ilovadakoʻrsatilgan tovarlar. Bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan meʼyorlaridan ortgan taqdirda ular boʻyicha bojxona toʻlovlari umumbelgilangan tartibda toʻlanadi;

  • Prezidentning 2019 yil 7 noyabrdagi PQ-4508-son qarori bilan tasdiqlangan shaxsiy ehtiyojlar uchun hisoblanmaydigan tovarlar.

Kelasi yildan yana bitta talab amal qilishni boshlaydi - qoʻl yukida, kuzatib borilayotgan bagajida, shuningdek, pochta joʻnatmalari orqali olib kiriladigan hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish oʻrovida boʻlishi kerak. Bu sanitariya-epidemiologiya va gigiyena nuqtai nazaridan zarurdir. Misol uchun, kimningdir qoʻl yukida mamlakatga kelib tushgan oʻralmagan goʻsht choʻchqa va parranda grippi, Qrim-Kongo bezgagi va qorason kasalliklarining vujudga kelishiga, mamlakatga oʻsimliklar kasalliklarini qoʻzgʻatuvchi viruslarning kirib kelishi esa – oʻsimlik dunyosining nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin, deb taʼkidlashadi DBQda.

Yuqorida tavsiflangan normalar xalqaro tajribaga toʻliq muvofiq keladi: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida yagona bojxona toʻlovi amal qiladi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududi, Xitoy va AQShda ham goʻsht, sut mahsulotlari, mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqat tovarlari oʻroviga talablar qoʻyiladi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ