Milliy UZ domenida roʻyxatdan oʻtgan domenlar soni 71 mingdan oshgan
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni ijrosiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev, «Oʻzbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi direktori oʻrinbosari Alisher Zufarov, «Oʻzbekiston pochtasi» AJ bosh direktori Alisher Fayzullayev hamda «Ucell», «UMS», «Beeline» kompaniyalari matbuot kotiblari, shuningdek, Toshkentdagi Inxa universiteti, Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi, «Matbuot tarqatuvchi» AJ va boshqa qator tashkilotlar mutasaddilari ishtirok etdi.
Tadbirda 9000 km optik tolali aloqa liniyalari qurilishi natijasida 3117 ta maktab, 1646 ta maktabgacha taʼlim muassasasi, 962 ta tibbiyot muassasasi optik tolali aloqa liniyalari bilan qamrab olingani, 544 ta sudlar maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulangani maʼlum qilindi.
Qayd etilishicha, telekommunikatsiyalar yoʻnalishida operator va provayderlar tomonidan respublika boʻyicha 786,0 ming portli keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalar oʻrnatilib, ularning jami sigʻimi 1,87 mln portga yetkazilgan, shundan 125 ming port (16 foiz)
330 ta qishloq joylariga toʻgʻri kelgan.
Matbuot anjumani davomida mobil aloqa operatorlari tomonidan 1605 ta baza stansiyalari oʻrnatilib, tarmoq modernizatsiya qilingani, shundan 132 tasi «Obod qishloq» dasturi doirasidagi hududlarga toʻgʻri kelgani aytib oʻtildi.
«Respublikada Dasturiy mahsulotlar ishlab chiqishni rivojlantirish yoʻnalishida ham bir qator ishlar amalga oshirildi, — dedi vazir oʻrinbosari Qahramon Yoʻldoshev. — Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 10 yanvardagi qarori bilan Hindistonning dasturiy texnologiyalar texnoparki bilan hamkorlikda hind ilgʻor tajribasi asosida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki tashkil etildi. Joriy yil 24 iyuldan boshlab Texnopark faoliyati yoʻlga qoʻyilib, hozirda Texnoparkda 300 dan ortiq rezident-korxona mutaxassislari faoliyat yuritmoqda».
Masʼullar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga xorijiy mamlakatlardan 16 ta professor-oʻqituvchi jalb qilingani, universitet tuzilmasida Oʻzbek-Belarus qoʻshma fakulteti tashkil etilib, 2019/2020 oʻquv yilida qoʻshma fakultetga 505 ta talaba qabul qilingani, Toshkent shahrida ochilgan Amiti universitetida hozirda 502 nafar talaba tahsil olayotgani haqida maʼlumot berdi.
«Prezidentimiz tomonlaridan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-tashabbusi doirasida Aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan, shuningdek, ularni axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish maqsadida respublika boʻyicha 18 ta IT-tadbirkorlik va raqamli texnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etildi», — dedi Qahramon Yoʻldoshev.
Maʼlum qilinishicha, “Xavfsiz shahar” tizimini joriy etish yoʻnalishida Yoʻl harakati qoidalarini buzishni avtomatlashtirilgan holda foto-video qayd etishni tashkil etish boʻyicha investitsiya loyihasi doirasida Germaniyaning “ATLAS International” kompaniyasi va Ichki ishlar vazirligi oʻrtasida loyihaning I bosqichida Toshkent viloyatiga qurilma va uskunalarni yetkazib berish yuzasidan 11,3 mln yevro miqdorida shartnoma imzolangan.
Tadbirda axborot texnologiyalarini rivojlantirish maqsadida respublikamizda milliy UZ domenida roʻyxatdan oʻtgan faol domenlar soni 71 mingdan oshgani aytildi.
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UZ V Uzbekistane zapuskayetsya reyting korrupsii i tenevoy ekonomiki dlya gosorganov i regionov

Har bir aholi Internetga ulanish imkoniyatiga ega boʻladi

Facebook talabalar uchun qulay boʻlgan yangi ijtimoiy tarmoqni yoʻlga qoʻydi

