| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Siyosat2 daqiqada oʻqiladi2 373 marta oʻqildi

Oʻzbekiston BAA ning hukumat akseleratorini yaratish tajribasini oʻrganmoqda

2019 yilning 3-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligida (BAA) boʻlib qaytdi.

Oʻzbekiston BAA ning hukumat akseleratorini yaratish tajribasini oʻrganmoqda

2019 yilning 3-8 noyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligida (BAA) boʻlib qaytdi.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi yakunlari boʻyicha davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, davlat organlari faoliyatiga yangiliklar kiritish sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida kelishuvga erishilgan edi. Mazkur kelishuv doirasida Oʻzbekistonda hukumat akseleratorini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilish koʻzda tutilgan.

Maʼlumki, Birlashgan Arab Amirligi Vazirlar Mahkamasi huzurida hukumat akseleratori faoliyat olib boradi. Davlatlar oʻrtasidagi kelishuvlar doirasida BAA hukumati Oʻzbekistonda bunday institutni ochish va uning xodimlarini tayyorlashda koʻmaklashishga tayyor ekanligini bildirgan.

Ushbu tashrif davomida ITIM rahbariyati va masʼul xodimlari BAA hukumati tomonidan tashkil etilgan "Hukumat akseleratori oʻquv ustaxonasi" da (Government Accelerators Training Workshop) tashkil etilgan trening mashgʻulotlarida ishtirok etdi.

BAA hukumati akseleratori mamlakatning 2020 yil strategiyasini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi muhim tuzilma sifatida tashkil etilgan boʻlib, uning asosiy maqsadi davlat boshqaruvida qaror qabul qilish jarayonini yangicha fikrlash orqali tubdan oʻzgartirish hisoblanadi (oʻzgarish menejmenti).

Tashrif davomida BAA hukumati akseleratorining metodologiyasi va Garvard universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan amaliy tadqiqotlar atroflicha oʻrganildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining akseleratori dastlabki bosqichda manfaatdor vazirliklar va idoralar tomonidan 100 kun ichida oʻrganilishi lozim boʻlgan ustuvor masalalarni aniqladi.

Tashrif davomida ITIM rahbariyati BAA hukumati aʼzolari bilan bir qator uchrashuv va muzokaralar oʻtkazdi. Xususan, BAA Bosh vaziri apparatining Strategiya va innovatsiyalar boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari Xuda al-Xashimi hamda Davlat imkoniyatlari va liderlik boʻyicha bosh direktor oʻrinbosari Yasser Alnaqbi va BAA hukumati akseleratori direktori Radhiya al-Hashimilar bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Muzokaralar chogʻida BAA hukumati aʼzolari Oʻzbekistonda davlat boshqaruvini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan soʻnggi oʻzgarishlar va islohotlar juda muhim va oʻz vaqtida amalga oshirilayotganini taʼkidladi. Xususan, Oʻzbekiston Prezidentining Virtual va xalq qabulxonalari tajribasi katta eʼtiborga loyiqdir.

Amirlik tomoni Oʻzbekiston bilan aloqalariga alohida ahamiyat qaratilayotganini taʼkidlab, mavjud kelishuvlar bilan cheklanib qolmasdan Oʻzbekistonda hukumat akseleratorini amalga oshirishda faol ishtirok etish niyatini bildirdi.

Tashrif yakunida ITIM va BAA hukumati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi hukumat akseleratori va Amirlikning kelajak ishlari vazirligi vakili Oʻzbekistonda hukumat akseleratori faoliyatini tashkil etishda xorijiy ekspertlarni jalb qilish orqali yordam koʻrsatish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzurida
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ