| Toshkent |
UZ
Malibu•••
USD/UZS 12 017,70 +15,60 ↑EUR/UZS 13 179,81 +13,51 ↑RUB/UZS 146,39 +0,37 ↑
Iqtisodiyot va biznes1 daqiqada oʻqiladi1 679 marta oʻqildi

Markaziy bank soʻmning ramz tarzidagi grafik belgisini tasdiqlash huquqiga ega boʻldi

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.

Markaziy bank soʻmning ramz tarzidagi grafik belgisini tasdiqlash huquqiga ega boʻldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi tahrirdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining pul tizimi Oʻzbekiston Respublikasining pul birligini, pul muomalasini tashkil etishni va uni tartibga solishni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Respublikasining pul birligi soʻmdir. Bir soʻm yuz tiyindan iborat.

Soʻm Oʻzbekiston Respublikasidagi yagona cheklanmagan qonuniy toʻlov vositasidir.

Oʻzbekiston Respublikasi pul belgilarining nominal qiymati Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Soʻmning ramz tarzidagi grafik belgisi Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.

Markaziy bank Oʻzbekiston Respublikasi hududida naqd pul muomalasini tashkil etadi.

Soʻm va oltin oʻrtasida yoki boshqa qimmatbaho metallar oʻrtasida nisbat belgilanmaydi.

Markaziy bank pul belgilarining tayyorlanishini, muomalaga chiqarilmagan pul belgilarining saqlanishini, bosma qoliplar va boʻyoqlarning saqlanishi hamda yoʻq qilinishini taʼminlaydi, naqd pullarni saqlash, tashish va inkasso qilish, shuningdek ularni yoʻq qilib yuborish qoidalarini belgilaydi.

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

davaktiv.uze-auksion.uzBD terminalSOS 24
UZ