Oilaviy mehmon uylari: soliqqa tortish tartibi
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turar-joy binosiga ega boʻlgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan koʻrsatiladi.

Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi tashkil etish uchun yaroqli turar-joy binosiga ega boʻlgan va unda yashovchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan koʻrsatiladi.
Oilaviy mehmon uyi egasining oila aʼzolari bilan birga yashash tamoyili boʻyicha bir vaqtning oʻzida 10 nafargacha tashrif buyuruvchilarga (turistlarga) vaqtincha yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi, shuningdek, har bir yashovchi shaxsga 3 kv. metr hisobidan toʻgʻri keladigan turar-joy maydoniga ega boʻlishi kerak.
Bunday tartib Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi 631-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi nizomga asosan belgilangan.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini sertifikatlashtirish soddalashtirilgan holda, oilaviy mehmon uylarini oʻrganish dalolatnomasi asosida ularni Oilaviy mehmon uylari yagona reyestriga kiritish va Oilaviy mehmon uylari yagona reyestridan tegishli koʻchirma berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi oilaviy mehmon uylarini roʻyxatga olish va Oilaviy mehmon uylari yagona reyestrini yuritishni amalga oshiradi.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlarini amalga oshiruvchi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan Prezidentimizning 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4086-sonli qarorining 9-ilovasiga asosan tovarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumi 100 mln. soʻmgacha qatʼiy belgilangan soliq toʻlovlarini toʻlaydi.
Oilaviy tadbirkorlik subʼyekti nomidan ish yuritadigan yakka tartibdagi tadbirkor har oyda bazaviy hisoblash miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda yagona ijtimoiy toʻlovni toʻlaydi.
Oila aʼzolari tomonidan qatʼiy belgilangan soliq toʻlovidan ozod etilgan boʻlib, Soliq kodeksining 311-moddasiga asosan oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlgan har bitta oila aʼzolari uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yagona ijtimoiy toʻlov amalga oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan Oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestriga kiritilgan xususiy tadbirkorlar va oilaviy tadbirkorlik subʼyektlarining buyurtmalariga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 300 barobarigacha miqdorda besh yil muddatga, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavka boʻyicha imtiyozli kreditlar ajratilishi belgilangan.
DSQ Matbuot xizmati
Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl+Enter bosing

UzAuto Motors xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi

Markaziy bank 30 noyabr kuni uchun oltin quymalar narxini maʼlum qildi

2025 yilga borib shaharlarning barchasini va shahar posyolkalari bosh rejasi tasdiqlanishi rejalashtirilmoqda

